Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Yetakçilar iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo qöşma komissiyaning 12 may kuni Toşkent şahrida ötgan navbatdagi yiğilişining samarali yakunlarini yuksak baholadilar.

Özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini, şu jumladan energetika, maşinasozlik, qişloq xöjaligi, transport-kommunikatsiya va boşqa tarmoqlarda ilgari suriş böyiça qabul qilingan qarorlarni amalda bajariş muhimligi ta’kidlandi.

Özbekiston va Tojikiston rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar, bölajak tadbirlar rejasini körib çiqdilar.