Ukrainada uruşning 449-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qöşini 18 mayga ötar keçasi Ukrainaning bir qança oblastlarini, jumladan, Kiyev va Odessani öqqa tutdi. Ukraina qurolli kuçlari 30 raketadan 29 tasi urib tuşirilganini ma’lum qildi. Poytaxtda jabrlanganlar yöq, Odessada tinç aholi vakillaridan bir kişi halok bölgan, yana bir kişi — Xarkiv yaqinidagi posyolkaga hujum qurboniga aylangan.
  • Pentagonning xabar qilişiça, Kiyevda 16 may kuni raketa zarbasidan şikastlangan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini tuzatişga muvaffaq bölingan va u hozirda töliq işçi holatida.
  • Anneksiya qilingan Qrimda ğalla ortilgan poyezd relsdan çiqib ketdi. OAV portlaş haqida xabar bergan. Qrim temiryöllari xabariga köra, hodisa «taşqi aralaşuv natijasida» röy bergan. Hodisa terakt sifatida baholanib, jinoyat işi qözğatilgan.
  • Rossiyaning Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov xabar berişiça, çegaradagi hududlar öqqa tutilişi oqibatida tinç aholi vakillaridan ikki kişi halok bölgan. U hujumda Ukraina qurolli kuçlarini ayblagan, Ukraina tomoni bu ma’lumot yuzasidan izoh bermagan.

Ukraina şaharlari böylab zarbalar

18 mayga ötar keçasi Rossiya qöşini Kiyev, Xerson, Vinnitsa, Xmelnitskaya, Odessa, Xarkiv va Jitomir oblastlari böylab navbatdagi zarbalar seriyasini amalga oşirdi. Odessada tinç aholi vakillaridan biri halok bölib, ikki kişi yaralangan. Xarkiv oblastida ham bir kişi hujum qurboni bölgan. Kiyevda urib tuşirilgan raketa parçalari tuşişi oqibatida garajlar kooperativida yonğin çiqqan, Xersonda xususiy turar joy binosiga zarba kelib tuşgan.

RF mudofaa vazirligi Rossiya qöşinlari tunda «xorijda işlab çiqarilgan qurollar va texnikalarning yirik omborlari böylab, şuningdek duşmanning zaxiralariga yuqori aniqlikda harakatlanuvçi qurollar bilan guruhli zarbalar bergani»ni ma’lum qildi. Vazirlikka köra, «zarbalardan maqsadga erişilgan».

Quyida hujumga uçragan şaharlarda zarba oqibatlari aks etgan suratlar.

Havo hujumidan mudofaa tizimi Kiyev osmonida rossiyaliklar raketasini urib tuşirmoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevlik politsiyaçi garajlar kooperativi hududiga qulagan rossiyaliklar raketasi parçalarini közdan keçirmoqda.