Bu safar saudiyalik gazetxonlar e’tiboriga ta’lim sohasidagi hamkorlikka doir ma’lumot havola etilgan. «Uç nafar özbekistonlik talaba Jazoirda arab tilini örganmoqda» sarlavhasi ostidagi maqolada joriy yilning fevral oyida Özbekiston Davlat Jahon tillari universiteti (ÖzDJTU) delegatsiyasi Jazoirga taşrif buyurgani töğrisida xabar qilinadi.

Ta’kidlanişiça, taşrif davomida Jazoirning 5 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.

Uç nafar özbekistonlik talaba Jazoirdagi Al-Vad universitetida arab tilini örganişni boşladi. Saudiya axborot manbasiga köra, ular Al-Vad provinsiyasidagi şahida Xama Laxdara universitetiga joriy yilning 1 may kuni kelişgan.

Kelgusi öquv yilidan boşlab ÖzDJTUdan yana 20 nafar özbekistonlik talaba Al-Vad universitetining Arab tili kafedrasida amaliyot ötaydi, deb yozadi Alharir.info naşri.