Moskva restoranlari Yaqin Şarq hamda Afrika davlatlaridan turistlarni jalb qiliş uçun viveska va menyularini arabçaga tarjima qilişni boşladi. «Ostorojno, novosti» naşrining yozişiça, Kutuzov prospekti va Neglinnaya köçasidagi Il Forno muassasalarida arabça menyular paydo bölgan. «Kamida bir oydan beri uşbu versiya mavjud, arab davlatlaridan kelayotgan turistlar oqimi juda katta», deya tuşuntiradi restoran vakili. Moskva viloyatidagi «Klyoviy» restoraniga kirişga ham minimal çek 3 ming rubl ekani haqida arab tilida yozilgan ogohlantiriş tabliçkasi ilib qöyilgan. Xodimlarning sözlariga köra, bu Yaqin Şarqdan keladigan mehmonlar restoranni qöşni kafe bilan adaştirmasligi va «bitta çoy aytib, töplanib ötirmasligi» uçun amalga oşirilgan.
Arab tiliga tarjima xizmatlarini körsatuvçi gidning aytişiça, sönggi vaqtlarda Fors körfazi davlatlaridan kelayotgan turistlar oqimi bir neça barobarga oşgan, bu esa umumiy ovqatlaniş muassasalarini xorijlik mehmonlarga moslaşişga undamoqda. «Moskva, Soçi, Sankt-Peterburg — ulkan talab. Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, Kuvaytdan dam olgani kelişmoqda», deydi u. Şuningdek, Rossiyaga nisbatan qaşşoq davlatlar, masalan, Misrdan işlaşga kelayotgan fuqarolar ham bor.
Ötgan yil oxirida Moskva meriyasi Yaqin Şarq va Afrika davlatlaridan turistlarni jalb qiliş uçun şahardagi barça restoranlar menyusini arabçaga tarjima qiliş rejasini e’lon qilgandi. Şu bilan birga, şahar hukumati muassasalarga bepul tarjima borasida yordam taklif qilgan. «Tuşunarliki, arablarning aksariyati inglizçani biladi, ammo arabça ularga ança qulay», deydi restoran tanqidçisi Aleksandr Sisoyev.
Arab tili dunyoda eng keng tarqalgan tillardan biri hisoblanadi. U 24 ta davlatda, jumladan, Jazoir, Misr, Marokaş, Ömon, Tunis, Eritreya va Isroilda (alohida maqomda) rasmiy til hisoblanadi. Dunyo böylab arab tilida gaplaşadiganlar soni 580 million kişini taşkil etadi.













