2023 yilning 10 may kuni soat 20:20 larda Toşkent viloyati IIBB 102 xizmatiga “VAZ21013” rusumli avtoulovini eşiklarini yopmasdan, kalitini ham özida qoldirgan fuqaro qaytib çiqqanida, avtomobili joyida yöqligini ma’lum qilgan.  

Xuddi şunday holat 12 may kuni Quyi Çirçiq tumanida ham sodir bölgan. Sergeli mahallasi hududida joylaşgan dala maydonida fuqaro öziga tegişli bölgan “Nexia”  avtomaşinasini noma’lum tomonga olib qoçib ketilganligini ma’lum qilgan. Bu ikki holat örtasida özaro boğliqlik mavjudligi böyiça dastlabki xulosalar olinib, tezkor qidiruv tadbirlari jadallaştirilgan.

Quyi Çirçiq tuman Içki işlar bölimi tezkor xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbirlar davomida “Nexia” avtomaşinasini 1991 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, Parkent tumanida röyxatga olingan, fuqaroligi bölmagan şaxs olib qoçganligi aniqlanib, u daliliy aşyolar bilan uşlangan. 

Olib borilgan suriştiruv işlari davomida, uşbu şaxs joriy yilning 10 may kuni Nurafşon şahrida “VAZ21013” rusumli avtomaşinani ham olib qoçib ketganligi ma’lum böldi. 

Hozirda gumonlanuvçini boşqa jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş maqsadida qöşimça suriştiruv işlari olib borilmoqda.