20 may kuni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Donetsk oblastining Baxmut şahri öz yollanma jangçilari tomonidan töliq egallangani haqida xabar berdi. U şuningdek şaharning vayron bölgan kvartallarida kötarilgan Rossiya bayroqlari videosini ham e’lon qildi. RF mudofaa vazirligi bilan mojarolaşgan Prigojin uning guruhi Rossiya armiyasining qolgan bölinmalari iştirokisiz amaliyot ötkazib, bu orqali muntazam armiyaga «öziga kelib oliş» uçun imkon berganini ta’kidladi.

Avvaliga Ukraina tomoni «Vagner» XHKning bayonotlarini qat’iyan rad etdi: Ukraina QK Şarqiy qöşinlar guruhi spikeri Sergey Çerevatiy Rossiya kuçlari Baxmutni öz nazoratiga olgani töğrisidagi xabarni rad etib, ukrain harbiylari «Baxmut uçun jangni davom ettirayotgani»ni aytib çiqdi. Keyinroq Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyar vaziyat «kritik» tus olganini tan oldi va ukrain harbiylari şaharning sönggi uçastkasi — «Samolyot rayoni»ni uşlab turganini ma’lum qildi. Hozirda Yaponiyaning Hiroşima şahrida G7 sammitida iştirok etayotgan Volodimir Zelenskiy jurnalistning savoliga javoban Baxmut boy berilgani haqidagi xabarlarni rad etdi: «Menimça, yöq. Siz u yerda heç narsa yöqligini tuşunişingiz kerak. Ular [Rossiya] barçasini vayron qilişdi. Birorta bino qolmadi. Qattiq afsus. Bu fojia. Bugungi kunda Baxmut faqat qalbimizdadir».

Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyar esa Rossiya qöşinlari Baxmutni örab ololmagani va ular şahar atrofidagi tepaliklarning bir qismini boy berganini ma’lum qildi. Malyarning sözlariga köra, Ukraina QK Baxmutni yarim qurşov holatiga tuşirgan, şaharning egallangan hududlarida turgan Rossiya qismlari esa mudofaalanişiga töğri kelmoqda.

Front çiziği 2022 yil avgustida Baxmutga yaqinlaşib kelgandi — şahar uçun oğir janglar kuzda boşlangandi. Keng kölamli bosqinga qadar 70 mingdan ortiq kişi yaşagan Baxmut bugunga kelib butkul vayron qilingan. Quyida şahardagi harbiy harakatlar xronologiyasi aks etgan suratlar.

Baxmut 2022 yil 15 may kuni qanday körinişda bölganini körsatuvçi sun’iy yöldoş tasviri. Öşa kunlarda front çiziği şahardan taxminan 30 kilometr naridan ötardi
Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutlik kişi şahar çetida yonayotgan uy oldidan ötmoqda. 2022 yil 27 iyul