Ukrainada uruşning 451-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Prigojin Baxmut ustidan töliq nazorat örnatilgani haqida e’lon qildi. Ukraina qurolli kuçlari va Ukraina mudofaa vazirligi buni rad etmoqda.
- Telegram-kanallar Ukrainaning qurolli guruhlari Belgorod oblasti hududiga yorib ötgani haqida xabar berişdi. Region operativ ştabidagilar buni rad etişdi.
- Volodimir Zelenskiy «Katta yettilik» sammitida iştirok etiş uçun Yaponiyaga keldi.
- Ukraina mudofaa vazirligi Ukraina QK boş qömondoni Valeriy Zalujniy ğoyib bölib qolgani töğrisidagi ma’lumotni rad etdi.
- Xalqaro jinoyat sudi Rossiya rasmiylarining sud prokurori Karim Xonni qidiruvga beriş töğrisidagi qarorini qörqitiş deb atadi.
Kiyevga dronlarning navbatdagi hujumi
Rossiya qöşinlari 20 mayga ötar keçasi ham Kiyevga hujum uyuştirdi. Ukraina QK havo kuçlari «Shahed» rusumli 18 ta dron uçib kelgani va ularning barçasi urib tuşirilganini ma’lum qildi. Dronlar parçalari şaharning tört rayoni hududlariga qulagan, ikkita turar joy binosi va avtomobillarni şikastlagan. Jarohat olganlar yöq.
Kiyevga tungi yoppasiga hujum may oyi boşidan buyon amalga oşirilgan 11-hujum böldi. Havo zarbalari aprel oyi oxirida kuçaygan — bungaça deyarli bir oy davomida bunday zarbalar kuzatilmagandi.

Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA

Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QKning Baxmut atrofidagi pozitsiyalari
«Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin 20 may kuni kunduzi Donetsk oblastining Baxmut şahri uning yollanma kuçlari tomonidan töliq işğol etilganini e’lon qildi. «Baxmutni egallaş böyiça amaliyot — Baxmut göştqiymalagiçi — 224 kun davom etdi», — degan Prigojin özining matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan videoda. 21 mayga ötar keçasi RF mudofaa vazirligi ham «Artemovsk şahri ozod etilgani» (Rossiya propagandasi şaharning sovetça nomlanişini qöllaydi) haqida xabar berdi.























