Ötgan yilga nisbatan Qirğizistonga elektr energiyasi importi hajmi 5,7 foizga kamaydi. 

Joriy yilning dastlabki uç oyi davomida elektr energiyasining asosiy hajmi Qozoğistondan keldi - 485,9 million kilovatt-soatdan ortiq yoki 52,3 foiz. Qozoğiston elektr energiyasining umumiy qiymati 1 milliard 259 million 961,2 ming somni taşkil qildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, 1 kilovatt-soatning narxi örtaça 2,59 somga teng böldi.

Fevral oyidan boşlab Turkmanistondan elektr energiyasi yetkazib beriş qayta tiklandi. Ikki oy davomida Qirğizistonga 297,3 million kilovatt-soatdan ortiq energiya yetkazib berildi, bu umumiy hajmning deyarli uçdan bir qismini (32 foiz) taşkil etadi. Umumiy qiymati 778 million 675,4 ming som – örtaça 2,6 som.

Naşrning yozişiça, mart oyidan Qirğiziston Özbekistondan elektr energiyasi import qila boşlagan. Avvalgi hisobotlarda Özbekistondan yetkazib beriş hajmi körinmagan. Oy davomida 145,6 million kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi yetkazib berildi. 

2023 yil yanvar oyida Turkmanistondan elektr energiyasi import qilinmadi. Öşanda Qirğiziston Energetika vazirligi Özbekistondagi energetika inqirozi şaroitida elektr energiyasi yetkazib beriş vaqtinça töxtatilgani haqida xabar bergan edi. 

«Özbekiston Turkmanistondan Qirğizistonga öz hududi orqali yetkazib berilayotgan elektr energiyasini uşlab turdi va keyinçalik Qirğizistonga uşlab qolingan elektr energiyasini qoplaş majburiyatini oldi», — deyiladi xulosada.