«Ukrenergo» davlat konserni Rossiya tomonidan bosib olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasini ta’minlovçi elektr tarmoğini tikladi va ZAES Ukraina energetika tizimidan quvvatlanişga ötmoqda.
«Duşmanning ertalabki hujumiga qaramay, Ukraina energetika tizimi barqaror, işlab çiqarilgan elektr energiyasi iste’molçilar ehtiyojlarini qondiriş uçun yetarli. Afsuski, energetika infratuzilmasi hali ham şikastlangan. Dnipro viloyatida 330- 750 kV yuqori kuçlanişli liniyalarga zarar yetgan, buning natijasida mintaqadagi kuçli elektr stansiyalaridan biri, şuningdek, bir qator «Ukrenergo» nimstansiyalari va taqsimlaş tizimi operatorlari (oblenergo) işlamay qolgan. Oqibatda Zaporijjyadagi iste’molçilar elektr energiyasidan uzilgan. Muhandislar allaqaçon zaxiraviy sxemalar böyiça iste’molçilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaşni tikladi. Elektr stansiyasining quvvati bosqiçma-bosqiç tiklanmoqda», — deyiladi «Ukrenergo» Telegram-kanalida.
Avvalroq Zaporijjya AESda taşqi elektr ta’minoti butunlay uzilgandi, stansiya dizel generatorlaridan favqulodda zaxira quvvatiga ötkazilgan.
Zaporijjya viloyati ma’muriyati boş kengaşi a’zosi Vladimir Rogovning sözlariga köra, Ukrainaning «Energoatom» kompaniyasi özi boşqarayotgan «Dneprovskaya» elektr tarmoğini uzib qöygan.
Öçiriş sababi noma’lum. «Energoatom» davlat konserni Zaporijjya AESda taşqi elektr ta’minoti öçirilganligini tasdiqladi.

















