2023 yil 16-18 may kunlari Samarqand şahrida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) Boşqaruv kengaşining iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaşga va inqiroz davrida barqaror iqtisodiy ösişni rağbatlantirişga qaratilgan – «Sarmoya kiritiş va barqarorlik» mavzusidagi 32-yillik yiğilişi bölib ötdi.
Tadbir doirasida Ipak Yöli banki Özbekistonda xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş böyiça bir qator şartnomalarni imzoladi.
Xususan, bank Niderlandiya Taraqqiyot banki «FMO» bilan kiçik va örta biznes loyihalarini moliyalaştiriş, şuningdek, yaşil loyihalarni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş maqsadida 50 million AQŞ dollari miqdoridagi kredit şartnomasini imzoladi.
Bundan taşqari, YeTTB qayta tiklanuvçi energiya manbalari va energiya samaradorligini oşiriş loyihalarini moliyalaştiriş uçun Ipak Yöli bankiga 20 million dollar ajratişini ma’lum qildi. YeTTBning Samarqandda bölib ötgan tadbir doirasida imzolagan mandat xati, kredit mablağlaridan «yaşil» loyihalarga sarmoya kiritiş uçun foydalanişni nazarda tutadi.
Mazkur hujjatlarning imzolanişi Ipak Yöli banki va xorijiy moliya institutlari örtasidagi hamkorlik hajmi oşib borayotganidan dalolat beradi va korporativ mijozlarga xizmat körsatiş sohasida bankning raqobatbardoş mavqeyini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Reklama
















