Hujjat Qonunçilik palatasi tomonidan 2023 yil 14 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2023 yil 4 mayda ma’qullangan.

Qonun bilan Özbekiston hukumati va Tojikiston hukumati örtasida fors-major holatlarda davlat aviatsiyasi havo kemalari tomonidan havo hududi va aerodromlardan foydalaniş sohasida özaro hamkorlik töğrisidagi bitim (Duşanbe, 2021 yil 10 iyun) ratifikatsiya qilindi.

Bitimning asosiy maqsadi fors-major holatlarida davlat aviatsiyasi havo kemalarining havo hududi va aerodromlardan foydalaniş sohasida özaro hamkorlik qilişning yagona tartibini belgilaşdan iborat.  

Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda tomonlar davlat havo hududini qisqa muddatli kesib ötişga, öz aerodromlaridan biriga zaxira sifatida qöniş uçun ruxsat berişga haqliligi nazarda tutilgan.