20 may kuni Özbekiston Marketing uyuşmasi har yilgi «Yil brendi 2022» mukofoti ğoliblarini taqdirladi. «Yil brendi» marketing va reklama sohasidagi yutuqlar uçun oltinçi marta topşirilmoqda. Bu yil mukofot 25 ta nominatsiya böyiça 550 000 dan ziyod iste’molçining oçiq ovoz berişi yakunlari böyiça, şuningdek Özbekiston marketing uyuşmasining 200 dan ortiq hamkori va yetakçi ekspertlari onlayn ovoz berişiga köra taqdim etildi.

Uzum ekotizimi törtta sovrin sohibi böldi, ulardan ikkitasi Uzum Market marketpleysiga nasib etdi. Uzum Market «Çakana savdo – marketpleys» toifasida iste’molçilar tanlovining, «Çakana savdo» toifasida ekspertlar ovoz berişining ğolibi böldi. Ekspertlar fikriga köra, Uzum ekotizimi «Axborot texnologiyalari va yeçimlari» toifasida yil brendi bölgan bölsa, Uzum Bank – «Banklar, moliya institutlari va suğurtalaş» toifasida eng yaxşi brend böldi.

Şuningdek, Özbekiston marketing uyuşmasi hamkorlari va ekspertlari Uzum Bank Boşqaruvi raisi Sergey Gimadiyevni Özbekistonda marketingni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun taqdirladilar. 

«Uzum brendi Özbekiston bozoriga 2022 yilda kirib kelganiga endi bir neça oy bölgan esa-da, iste’molçilar va ekspertlar ekotizimimizning afzalliklarini munosib baholay olişganidan juda faxrlanamiz», - deya qayd etadi Uzum ekotizimi CEOsi Jasur Jumayev. «Uzum har bir yeçim va servisi bilan foydalanuvçilarimiz hayotini qulayroq, reklama kampaniyalarimizni yorqinroq qilişga intiladi!»

Reklama