Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yaponiyadagi G7 sammitidan qaytib, mamlakat şarqidagi front çiziğiga yetib bordi. Bu haqda uning özi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
«Bizning himoyaçilarimiz. Front çiziği. Bugun men harbiylarimizni Ukraina Qurolli kuçlari Harbiy-dengiz floti dengiz piyoda askarlari kuni bilan tabriklaş uçun keldim. Ukrainani himoya qilayotgan har bir kişiga şon-şaraflar bölsin», deb yozdi u Telegram’da.
Ukraina prezidenti Vuhledar — Maryinka mudofaa liniyasidagi oldingi çiziqda bölgan.
U dengiz piyodalariga mukofotlar topşirgan. «Eng kuçlilar taqdirlandi. Eng yaxşilar xotirlandi», degan u.


Zelenskiy Ukrainada dengiz piyodalari korpusi tuzilişini e’lon qildi. Tarmoqda bu bayonotni Qrimni qaytib oliş yölidagi qadam deb talqin qilişmoqda.
Donetsk oblastidagi Vuhledar — Maryinka liniyasi — frontning nisbatan faol harbiy harakatlar ketayotgan uçastkalaridan biridir. Rossiya qöşini bir-biridan taxminan 30 kilometr masofada joylaşgan bu ikki şaharni egallaşga harakat qilmoqda, ammo ukrain harbiylari muvaffaqiyat bilan mudofaalanmoqda.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining biroz avvalroq e’lon qilingan kundalik xulosasida aytilişiça, Ukraina hududiga bostirib kiriş boşlanganidan beri Ukrainadagi Rossiya armiyasining soni deyarli özgarmadi, biroq uning sifati sezilarli darajada pasaydi.
Xabarda aytilişiça, Ukrainadagi Rossiya qöşinlari guruhi hozirda 200 mingdan ortiq harbiy xizmatçiga ega. Ular beşta qöşin guruhi tarkibida 70 ga yaqin polk va brigadalarga birlaştirilgan. Ammo ötgan yilning fevral oyida Rossiya armiyasi professional askarlardan iborat bölib, asosan zamonaviy texnika bilan jihozlangan va murakkab qöşma operatsiyalarga tayyorgarlik köriş uçun muntazam ravişda maşğulotlardan ötgandi.
















