Yekaterinburgda amerikalik jurnalist Evan Gerşkoviç qölga olinganidan deyarli 15 oy ötib, uning işi böyiça sud yopiq eşiklar ortida boşlanadi. Gerşkoviç josuslikda ayblanmoqda - «FSB» ma’lumotlariga köra, u Rossiya harbiy-sanoat majmuasi korxonalaridan biri haqida davlat siri ma’lumotlarini töplagan. 32 yoşli amerikalik 20 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin. 

Evan Gerşkoviçning uşlanişi

The Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç 2023 yilning 29 martida Yekaterinburgda qölga olingan va keyinçalik josuslikda ayblangan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga köra, jurnalist «Amerika tomonining körsatmalariga binoan Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan biri faoliyati töğrisida davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlarni töplagan». Gerşkoviçning özi ham, naşr ham ayblovlarni rad etadi. Oq uy ularni «bema’ni» deb atadi. 

Gerşkoviç 2017 yildan beri Rossiyada yaşagan

32 yoşli Evan Gerşkoviç 2017 yildan beri Rossiyada yaşab, avvaliga The Moscow Times gazetasida, keyin AFP axborot agentligida, 2022 yil yanvaridan esa The Wall Street Journal’da muxbir bölib işlagan. Gerşkoviç Nyu-Yorkda sovet yahudiy emigrantlari oilasida tuğilgan. Uning ota-onasi 1979 yilda Amerika Qöşma Ştatlariga köçib ketgan. 

Gerşkoviçning ehtimoliy almaştirilişi

Joriy yilning fevral oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan intervyuda amerikalik jurnalist Taker Karlson unga Gerşkoviçni «yaxşi niyat belgisi sifatida» ozod qilişni taklif etdi, şunda Karlson uni Qöşma Ştatlarga olib ketişi mumkin bölardi. Bunga javoban Putinning aytişiça, Rossiya şunçalik köp xayrixohlik körsatganki, u «barça limitni tugatganga öxşaydi». Şunga qaramay, Putin Gerşkoviçni almaşiş variantini rad etmadi. 

The Wall Street Journal 2023 yil sentabrida Putin Rossiya maxsus xizmatlari xodimi ekani aytilayotgan Vadim Krasikovni ozod qilişga şaxsan buyruq berganini yozgan edi. Krasikov Germaniyada çeçen bölginçilarining sobiq dala qömondoni Zelimxon Xanqoşvilini öldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. 

Rossiya AQŞ bilan mahbuslarni almaşiş ehtimoliga izoh berdi

Rossiyada hibsga olingan amerikalik jurnalist Evan Gerşkoviç ustidan sud jarayoni boşlanişidan bir neça kun oldin Rossiya Taşqi işlar vazirligi Vaşington bilan ehtimoliy mahbuslar almaşinuviga izoh berdi. Ayni damda Moskva Qöşma Ştatlardan «taqdim etilgan ğoyalarga javob kutmoqda», dedi Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov 19 iyun kuni çop etilgan TASS agentligiga bergan intervyusida.