Uçraşuv avvalida Singapur prezidenti davlat rahbariga Özbekistonga davlat taşrifi bilan keliş taklifi va Singapur delegatsiyasiga körsatilayotgan iliq qabul uçun minnatdorlik bildirdi. Bölajak Özbekiston prezident saylovida muvaffaqiyatlar tiladi.
Uşbu oliy darajadagi taşrif ikki mamlakat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganidan buyon ötgan 25 yil içida birinçisi ekani ta’kidlandi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yil yanvar oyida Singapurga amalga oşirgan taşrifi yakunida hamkorlikning muhim yönalişlari böyiça erişilgan barça kelişuvlar izçil amalga oşirilayotgani qayd etildi.
Muzokaralarda siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlaş, xalqaro taşkilotlar doirasida özaro qöllab-quvvatlaş, davlat boşqaruvi sohasida kadrlar tayyorlaş dasturlarini amalga oşiriş, jamoat xavfsizlik va madaniy-gumanitar almaşinuv borasidagi muloqotlarni faollaştiriş masalalariga e’tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yutuqlarga erişilayotgani alohida ta’kidlandi. Joriy yil boşidan özaro savdo körsatkiçlari bir neça barobar oşdi. Singapur Özbekistonning eng yirik investorlari safiga kirdi. Bugungi kunda Singapur yetakçi kompaniyalari bilan birgalikda kimyo va töqimaçilik sanoati, transport va logistika, şaharsozlik, ta’lim xizmatlari, xususiylaştiriş sohalarida 3,8 milliard dollarlik loyihalarning amalga oşirilişi faol pallaga kirgan.
Iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari batafsil körib çiqildi. Taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasidagi Özbekiston-Singapur biznes-forumi natijalari savdo, logistika, innovatsiyalar, energetika, soğliqni saqlaş kabi sohalarda yetakçi kompaniyalarning investitsiyaviy şerikligini kengaytirişga xizmat qilişiga işonç bildirildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş va oziq-ovqat mahsulotlarining Singapur bozoriga yetkazib berilişini yölga qöyiş masalalari körib çiqildi.
Tomonlar gumanitar loyihalarni amalga oşiriş böyiça hamkorlikni kengaytirişga qat’iy intilişini bildirdi.

Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi negizida taşkil etilgan qöşma ta’lim markazi doirasida Singapurning davlat boşqaruvi va boşqaruv kadrlarini tayyorlaş borasidagi tajribasini joriy etiş muhimligi ta’kidlandi.

















