Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi 23 may, seşanba kuni uçinçi, yakuniy öqişda “Rossiya Federatsiyasidan çiqiş va Rossiya Federatsiyasiga kiriş tartibi töğrisida”gi qonunga harbiy yoki muqobil fuqarolik xizmatiga çaqirilgan şaxslarni xorijga çiqiş pasportlarini uşbu hujjatni bergan organga saqlaş uçun topşirişga majburlovçi tuzatişlarni ma’qulladi.

Agar pasport uzrli sabablarsiz vakolatli organga saqlaş uçun berilmasa, u haqiqiy emas deb topiladi. Şuningdek, pasport egasi familiyasi, ismi, otasining ismini yoki tuğilgan sanasi va joyi, fuqaroligi töğrisidagi ma’lumotlarni özgartirsa, pasport haqiqiy emas deb topiladi.

Tuzatişlar hali ham Federatsiya kengaşi tomonidan tasdiqlanişi va Rossiya prezidenti tomonidan imzolanişi kerak, ular rasmiy e’lon qilingan kundan boşlab 180 kun ötgaç kuçga kiradi.