11:05 / 25.05.2023
5007

AQSh ukrainalik harbiylarni Abrams tanklarida o‘qitishni boshlayapti

Ukraina harbiylarini M1A1 Abrams tanklari bilan ishlashga o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar kelasi haftadan boshlanadi, dedi AQSh Mudofaa vazirligi vakili Patrik Rayder Voice Of America radiosiga. 

Foto: U.S. Army / ZUMA Wire / IMAGO

250 ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi shu hafta Germaniyaga yetib boradi va u yerda ular 10 hafta davomida tanklarni boshqarish, qo‘shma janglarda manyovr qilish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitiladi, dedi ismi keltirilmagan AQSh yuqori martabali harbiy amaldori

Ular may oyi boshida Germaniyaga yetkazib berilgan 31 ta Abrams tankida o‘rgatiladi. 31 ta M1A1 Abrams tanklarining yana bir partiyasi hozirda Qo‘shma Shtatlarda qayta jihozlanmoqda va kuzda Ukrainaga yetkaziladi, deya xabar beradi radiostansiya.

Yanvar oyi oxirida AQSh hukumati Ukrainaga Abrams'ning zamonaviy versiyasini, jami 31 ta tankni berishini e’lon qildi. O‘shanda ham Amerika Mudofaa vazirligi bu tanklar Amerika omborlarida yetarli emasligini va ularni Ukrainaga topshirish uchun bir necha oy kerakligini ta’kidlagan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top