Internetda tarqalgan suratlarda bayroqni olib taşlaş uçun öt öçiriş maşinasining narvonidan foydalanilganini köriş mumkin.

Xonadon egasi Rejyep Latipovning BBC özbek xizmatiga aytişiça, voqea 24 may kuni soat 18:00 atrofida röy bergan. U öşa paytda uyda heç kim bölmagani, özi turmuş örtoği bilan Turkiyada ekanini bildirgan.

Latipovga köra, bayroq olib taşlanişidan 3 soatça avval özini Mirzo Uluğbek tumani IIB xodimi deb taniştirgan şaxsdan qönğiroq bölgan.

“Adaşmasam, özini jinoyat-qidiruv bölimidan Murod deb taniştirdi. Şu uy menga tegişli ekani haqida söradi. Yana özingiz yo rafiqangiz Ukraina fuqarosi emasmi, degan savol berdi. Men yöq, dedim. Keyin nega balkonimda Ukraina bayroği turgani sababini suriştirdi”, – deydi xonadon egasi.

Uning ta’kidlaşiça, içki işlar xodimi bilan suhbatda bayroq öziga tegişli xonadonning balkoni içida, ya’ni öz şaxsiy mulki hududida turganini aytgan.

“U özimning, rafiqamning tuğilgan yiliga oid bir neça şaxsiy savollardan söng bayroq olib taşlanişini ta’kidladi. Men heç bölmasa, Telegram orqali nega bayroq olib taşlanişi haqida yozma izoh berişlarini söradim, asossiz olib taşlay olmasliklarini aytdim. Xodim kelsangiz tuşuntiramiz, bizda olib taşlaşga topşiriq bor, dedi”, – deya özaro suhbat tafsilotlarini keltirgan Rejyep Latipov.

51 yaşar fuqaro bayroq haqida içki işlarga kim va nima sababdan xabar bergani özi uçun qoronği ekanini qöşimça qiladi.

“Oçiği, bayroqni aynan kim olib taşlaganini bilmayman. Bilganim – bu qöşnilar yuborgan xabar, suratlar, videolar. Ular militsiyaga bayroq ötgan yildan beri öşa joyda turgani, özlari tomonidan biror qarşilik yoki savollar bölmaganini aytişibdi”.

Uy egasining aytişiça, u Ukrainaning Çernovsy şahrida tuğilgan, ammo doimiy Özbekistonda yaşab, işlab keladi.

"Bayroqni Kiyevdagi döstlarim sovğa qilişgan. Ularga qöllovimni körsatiş uçun ham bayroqni uyimda saqlaganman. Qayta-qayta takrorlaşim lozim, bayroq şunçaki balkonda turgan edi, köçaga çiqarib ilib qöyilmagandi.