Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyarning tasdiqlaşiça, Ukraina qurolli kuçlari hamon Baxmut şahrining bir qismini nazorat qilmoqda. U bu bilan şahar töliq egallanganini da’vo qilgan RF mudofaa vazirligi bayonotini yana bir bor rad etdi.
«Bizning himoyaçilarimiz şahar janubi-ğarbiy qismidagi «Samolyot» rayonini nazorat qilmoqda», deya yozgan Malyar öz telegram-kanalida.
«Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin uning qöşini Baxmutni egallagani haqida 20 may kuni e’lon qilgandi. Keyinroq şunga öxşaş bayonot Rossiya mudofaa vazirligi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan ham e’lon qilindi.
Ukraina hukumati Baxmut uçun janglar davom etayotganini bildirgan.
Malyarning sözlariga köra, «kun davomida [24 may kuni] Baxmut atrofidagi qanotlarda janglar intensivligi pasayişi kuzatilgan». «Şu bilan birga, bizning qöşinlarimiz biroz ilgarilaşga muvaffaq bölgan», deya tasdiqlaydi vazir örinbosari.
Prigojinning Baxmut töliq egallangani haqidagi bayonotidan oldinroq ukrain harbiylari şaharni qurşab oliş uçun qanotlardan hujum qilişda davom etayotgani xabar qilingandi. Prigojin bu hududlarni qöriqlaşi kerak bölgan Rossiya muntazam armiyasi bölinmalari qoçib ketayotganini aytgandi.
Malyar «duşman artilleriya zarbalariga tayanib, muntazam zarbalar berayotgani»ni aytdi.
«Baxmut şahrida duşmanning şturm harakatlari kamaydi. Duşman bölinmalarni almaştirmoqda», deya yozgandi Malyar.
25 may kuni esa Yevgeniy Prigojin öz jangçilarini Baxmutdan olib çiqiş boşlanganini ma’lum qildi. Uning qöşini 1 iyunga qadar pozitsiyalarini RF bölinmalariga topşirib, şaharni töliq tark etadi.
Uning sözlariga köra, Baxmutdan olib çiqilganidan «Vagner» XHK bölinmalariga dam beriladi, texnikalar ta’mirlanadi, yangi jangçilarni yollaş işlari olib boriladi, keyin esa «yangi vazifalarni bajariş»ga kirişiladi.


















