Prezidentning 2022 yil 23 avgustdagi 357-sonli qaroriga asosan sovrin jamğarmasi 1 mln dollarni taşkil etuvçi President Teç Award eng yaxşi startaplar tanlovi e’lon qilindi. Mazkur tanlov IT sohasidagi yoş startaperlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil qilingan. 

President Teç Award – raqamli texnologiyalar sohasidagi eng yaxşi startap loyihalari uçun tanlov.

Musobaqa asosiy va maxsus yönalişlardan iborat. Asosiy yönaliş toifalariga quyidagilar kiradi:

  • sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar;
  • ijtimoiy sohadagi raqamli texnologiyalar;
  • axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar;
  • tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
  • kompyuter va mobil öyinlar.

Tanlovning har bir toifasi uçun sovrin jamğarmasi quyidagiça taqsimlanadi: 

1-örin — $100 000;  

2-örin — $50 000;  

3-örin — $30 000.

Maxsus yönaliş esa Hakaton Gran-prisi bölib, bu 72 soat içida raqamli yeçim yaratişni közda tutadi. Hakatonda ğolib bölgan jamoa $100 000 miqdoridagi pul mukofotiga ega çiqadi.

Iştirok etiş uçun arizalar tanlovning şaffofligi va oçiqligini ta’minlaş maqsadida awards.gov.uz maxsus portali orqali qabul qilinadi.

Portal – bu tanlov haqidagi barça ma’lumotlar joylaştirilgan veb-sayt. Bu yerda siz jamoalarga qöşilişingiz va yönalişlardan birida iştirok etişingiz mumkin. Keyingi bosqiçga ötiş yoki ötmaslik haqidagi ma’lumotlar ham maxsus platforma orqali yuboriladi. 

Hujjatlar 1 iyulgaça qabul qilinadi. 

1 iyuldan 25 iyulga qadar saralaş bosqiçi ötkaziladi.

Tanlovda 30 yoşgaça bölgan şaxslar iştirok etişi mumkin. Asosiy yönalişda – faqat Özbekiston fuqarolari, maxsus yönalişda esa IT Park rezident kompaniyalari xodimlari bölgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar qatnaşa oladi.