Ukrainalik polkovnik va «Ştirlits» taxallusi bilan tanilgan harbiy bloger Anatoliy Ştefan Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy bilan birga ötirgani aks etgan videoni namoyiş etdi. Videoda Ştefan bugun 25 may ekanini aytadi.

«May oyi mobaynida biz raşn-propagandaning ertaknamo, fantastik hikoyalarini, şuningdek özini ekspert deb atovçilarning turli fitna nazariyalariga oid versiyalarini kuzatib keldik. Ammo bugun men Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni töğrisidagi qörqinçli sirni foş qilmoqçiman», — degan Ştefan, şundan keyin kamera kulib turgan va qöl silkiyotgan Zalujniyga qaratilgan.

  • May oyi boşida Rossiyadagi turli manbalar Zalujniy Rossiya armiyasining «Kinjal» bilan Ukraina qurolli kuçlari qömondonlik punktiga yöllagan raketa zarbasi oqibatida yaralangani va oğir ahvolda ekani haqida xabar tarqatgandi. OAVda u boşidan jarohat olgani va halok bölgan bölişi mumkinligi yozildi.
  • 24 may kuni RIA Novosti öz manbasiga tayangan holda, Zalujniy rossiyaliklarning raketa zarbasi oqibatida boşidan va oskolkali jarohatlar olgani haqida yozdi. Agentlik xabarida göyoki Ukraina qurolli kuçlari boş qömondonining boş suyagini parmalab teşib, jarrohlik amaliyoti ötkazişgani va u endi öz vazifasini bajara olmasligi aytilgandi.
  • Keyinroq Rossiya taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin uning idorasiga Zalujniy «jarohat olgani töğrisida ma’lumot kelib tuşgani»ni aytgan, ammo «bu ma’lumot 100 foiz töğriligiga kafolat bera olmasligi»ni bildirgandi.
  • Ukraina tomoni Zalujniy jarohatlangani yoki halok bölgani töğrisida Rossiya naşrlari va telegram-kanallarida tarqalgan xabarlarni rad etib kelayotgandi. Xususan, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov şu kuni Zalujniy Oliy qömondonlik ştabi yiğilişida iştirok etganini ma’lum qilgandi.