Prezident Şavkat Mirziyoyev 26 may kuni «Toşşahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 7-avtobus saroyini borib kördi.

Aholining kundalik hayotiga daxldor har bir masala davlatimizning e’tiborida. Xususan, jamoat transporti tizimi ösib borayotgan talabdan kelib çiqib rivojlantirilmoqda.
Sönggi yillarda Toşkent şahri ham eniga, ham böyiga ösdi. Muqim aholi, vaqtinça yaşovçilar, turistlar, talabalar soni oşdi. Ilgari şaharda kuniga 800-900 ming yölovçi jamoat transportidan foydalangan bölsa, hozirda bu körsatkiç 1 million 300 mingdan oşgan. Şu bois avtobuslar yetişmasligi, kutiş vaqti köpligi kabi muammolar yuzaga kelgan edi.
Davlatimiz rahbari ötgan yil 13 dekabr kuni poytaxtimizning 18-avtobus saroyida bölib, bu ahvolni özi körgan, yangi avtobuslar olib keliş va yölovçilarga qulayliklarni oşiriş böyiça topşiriqlar bergan edi. Şundan kelib çiqib, joriy yil 16 fevralda Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamoat transporti tizimini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Bu galgi taşrif çoğida Şavkat Mirziyoyev sohadagi vazifalar ijrosi bilan tanişdi.
Aprel-may oylarida Toşkent şahriga 755 ta zamonaviy avtobus olib kelinib, yölovçilari eng köp yönalişlarga qöyilgan. Natijada avtobuslarning kunlik soni 1 ming 400 taga yetgan, 9 ta qöşimça yönaliş oçilgan. Yaqin kunlarda yana 245 ta avtobus keltiriladi.
Jumladan, 7-avtobus saroyi şu paytgaça 18 ta yönalişda kuniga 90 ming yölovçiga xizmat körsatar edi. Yaqinda uning parki 67 ta yangi transport bilan boyidi. Tabiiyki, yölovçi taşiş quvvati oşib, avtobuslarning oraliq vaqti qisqardi.


Mutasaddilar Toşkent şahrining yangilangan Transport boş rejasi böyiça ham axborot berdi. Qayd etilganidek, u şaharning kengayişi va yölovçilar oqimi tahlili asosida, 167 ta yönalişdan iborat tarzda işlab çiqilgan. Şundan 17 tasida kunlik reja belgilaş tartibi bekor qilinib, bosib ötilgan masofaga qarab hisob-kitob tizimiga ötilgan. Iyun-iyul oylarida qolgan 150 ta yönaliş ham tender savdolari orqali şunday tizimga ötkaziladi. Natijada qatnovlar muntazamligi ta’minlanadi, xizmat sifati oşadi.
Bunda haydovçilarning malakasi ham juda muhim. Şu bois Transport universiteti va boşqa öquv markazlarida haydovçilikka öqitiş hamda qayta tayyorlaş yölga qöyilgan. Avtobus haydovçilarining oylik maoşlari ikki barobar oşirilib, yil boşidan beri mingdan ziyod haydovçi işga qabul qilingan.




















