Aprel oyida transport vaziri Ilhom Mahkamov Kun.uz’ga bergan intervyusida 15 maydan Toşkent şahrida jamoat transportidan foydalanişning moslaşuvçan tariflari joriy etilişini, yölkira narxlari özgarişini ta’kidlagandi.

«Avtobuslar kelganidan keyin, buning normativ böyiça ötiş yöllari bor. Şundan keyin, yölkiraning tannarxi çiqadi. Tannarx aniqlanganidan keyin biz bularni ommaga e’lon qilamiz. Mana şu jarayonlari bilan tarifning özgarişi 15 may sanasiga töğri keladi. 15 maydan yangi tariflar joriy etiladi», – degandi vazir.

Aslida prezident qaroriga köra, 2023 yil 1 apreldan yangi tariflar amaliyotda qöllanilişi kerak edi. Lekin bu na aprel oyida, na may oyida amalga oşirildi.

Kun.uz loyiha taqdiri yuzasidan Transport vazirligi matbuot xizmati bilan boğlandi. Qayd etilişiça, vazirlik tomonidan yangi tariflar qanday şaklda bölişi, nima qilinişi va narx-navolari aniqlanib, loyiha Toşkent şahar deputatlar kengaşiga taqdim qilingan.

«Şuni deputatlar tasdiqlab bersa, keyin tariflarni qöllaş böyiça amaliy işlar boşlanadi», – dedi vazirlik matbuot kotibi Navruz Aşurmatov.

Masala yuzasidan Toşkent şahar hokimiyati matbuot xizmati bilan ham boğlanilganda, hokimlik matbuot kotibi «gap deputatlar kengaşida qolganini» tasdiqladi. 

Yangi tariflar nega muhim?

Yangi tarif tizimi joriy etilişining asosiy maqsad-mazmuni aholi mobilligini rağbatlantiriş hisoblanadi. Ya’ni yölovçi 2-3 ta manzilga bormoqçi bölsa, uning uçun jamoat transportidan foydalaniş eng qulay variant bölişi kerak. Tariflar 1 soat içida 2 000 sömdan (birinçi qatnov 1 600 söm + ikkinçi qatnov 400 söm + uçinçi qatnov bepul) jamoat transporti tarmoğidan çeklanmagan miqdorda foydalaniş imkonini beradi. Bu şaxsiy transport jozibadorligini kamaytiriş, jamoat transportidan foydalanuvçilar sonini oşirişga xizmat qiladi.