Germaniya Mudofaa vazirligi rasmiy sörov olinganini tasdiqlagan. Idora Kiyev uşbu turdagi neçta raketalarni qabul qilib olişni kutayotganiga aniqlik kiritmadi.

Avvalroq XDI mudofaa eksperti Roderix Kizevetter nemis qanotli raketalarini Kiyevga topşirişga undagan edi. Bu Ukraina Qurolli kuçlariga "ruslarning harbiy infratuzilmasiga front çiziğidan ança uzoqdan zarba beriş imkonini yaratadi", deb ta’kidladi ekspert.

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius GFRning Ukraina uçun "qiruvçilar koalitsiyasi"da keng iştirok etişi ehtimolini rad etdi. "Buning imkoniyatlari nihoyatda çeklangan va hozirda örganilmoqda", - deya tuşuntirdi Pistorius 23 may kuni Bryusselda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlarining konferensiyasi çoğida. 

Bundan taşqari, Boris Pistorius Ukrainaga Germaniyaning Taurus tipidagi qanotli raketalarini yetkazib beriş taklifiga vazmin munosabat bildirdi. Vazir har bir alohida qurol tizimi haqida munozaraga kirişni va faraziy savollarga faraziy javob berişni istamasligini aytdi.