Konferensiyada 30 dan ortiq xorijiy davlatdan xalqaro ekspertlar, ta’lim sohasi yetakçilari hamda xalqaro tan olingan akkreditatsiya va reyting taşkilotlari rahbarlari, şuningdek, mahalliy davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, respublikamizdagi xorijiy elçixona hamda vakolatxonalar mas’ullari iştirok etdi.

“Konferensiyaning asosiy maqsadi respublikamizda oliy ta’limni rivojlantiriş konsepsiyasi asosida ta’limni yangi bosqiçga olib çiqişdir. Oliy ta’lim muassasalarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş, xalqaro reytingdagi örnining ahamiyati ta’lim sifatini ta’minlaş va nazorat qilişning innovatsion mexanizmlarini taklif qiliş, universitetlar transformatsiyasini amalga oşiriş va bugun xalqaro talablarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlaş közda tutilgan. Bugun mazkur masalalar muhokama qilinadi va şu asosda ilmiy-amaliy tavsiyalar işlab çiqiladi”,- deya ma’lumot berdi TDIU prorektori, professor Gulnora Qalandarova.

AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Singapur, Finlandiya, Belgiya, Avstriya, Germaniya va boşqa davlatlardan taşrif buyurgan xalqaro ekspertlar, ta’lim sohasi yetakçilari hamda xalqaro tan olingan akkreditatsiya va reyting taşkilotlari rahbarlari tadbirda öz taqdimotlarini namoyiş etişdi. Singapurdagi PSB akademiyasi professori Sea Seng Vi Özbekiston va Singapur oliygohlari örtasida qöşma ta’lim dasturlari yölga qöyilişini aytdi:

“Iqtisodiy transformatsiya rivojlaniş uçun asos böladigan oliy ta’limni yaratiş va özlaştiriş kelajak uçun yöl. Bu mamlakatning ösişida katta yordam beradi. Va buning uçun ta’lim sifati kalit vazifasini ötaydi. Biz Singapurda yuqori ta’lim sifatini jamiyatning barça qatlamlarini qamrab olib boşlaganmiz. Hukumatdan boşlab maktab darajasidagi ta’limgaça joriy qilganmiz. Bu jamiyatning iqtisodiy rivojlanişi uçun ham eng dastlabki qadam böladi. Bu konferensiyada ham yuqori maqsadlarni belgilab oldik.

Özbekiston bilan hamkorlik yöllarini yaratyapmiz. Hamkorlikning yana ham yaxşi darajasiga çiqdik deb öylayman. Qöşma dasturlar reja qilganmiz. Bunda biz uçun ham yangilik bölgan jihatlar bor. Bir-birimizdan örganadigan jihatlarimiz köpligini bildik. Ham mahalliy, ham xalqaro taşabbuslarni qöllab-quvvatladik. Ta’limda heç qanday tösiqlar yöq. Menimça bu juda yaxşi boşlaniş böldi”.
















