Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshka Fisher: Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi alamli sulh bilan yakunlanadi
Rossiya uzoq vaqt Yevropa uchun tahdid bo‘lib qoladi, shuning uchun Germaniya o‘zining mudofaa qobiliyatini kuchaytirishi kerak, deydi Gerhard Shryoder hukumatida Germaniya tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Yoshka Fisher.
Rossiya uzoq vaqt davomida Yevropa xavfsizligiga tahdid bo‘lib qoladi, deydi Gerhard Shryoderning sobiq tarafdori, Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Yoshka Fisher. «Xavfsizlik faqat Rossiya bilan mumkin» degan eski formula endi ishlamayapti, endi «Rossiyadan himoyalanish» ancha muhimroq», dedi u 27 may, shanba kuni Tagesspiegel nashriga bergan intervyusida.
Fisher Rossiyaga nisbatan «shafqatsiz soddalik»dan voz kechishga chaqirib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning revizionizmi va uning sobiq Sovet respublikalari hududlarini qaytarish istagiga ishora qildi.
Fisherning fikricha, kelajakda Ukraina Yevropa xavfsizligi masalasida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. «Ukrainaning o‘rni - Yevropa Ittifoqida, shuningdek, NATOda», - deya ta’kidladi u. Agar ittifoqning bir qismi bo‘lsa, Ukraina uchun xavflar kamayadi, deb qo‘shimcha qildi siyosatchi. Shu bilan birga, uning tan olishicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi «alamli sulh va hech bir tomonni qoniqtirmaydigan hududiy murosalar» bilan yakunlanadi.
Bu Yevropa uchun uzoq muddatli tahdid mavjudligini anglatadi, deb hisoblaydi Fisher. Shuning uchun Germaniya, siyosatchining fikricha, mudofaa qobiliyatini kuchaytirishi kerak. «Markaziy davlat va Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti sifatida biz qurol masalasida chetda qola olmaymiz. Yevropaliklar sifatida biz bu xavfsizlik bo‘shlig‘ini yopishimiz kerak», - dedi u.
Mavzuga oid
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026