Ukrainada uruşning 458-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 28 mayga ötar keçasi Kiyev keng kölamli bosqin boşlanganidan buyon dronlarning «eng yirik hujumi»ga yöliqdi. Ukraina qurolli kuçlari tasdiqlaşiça, 50 dan ortiq uçuvçisiz uçar qurilmalarini urib tuşirgan. Tinç aholi vakillaridan bir kişi halok bölib, uç kişi yaralangan.
  • Rostov oblastida anneksiya qilingan «LXR»dan bölgan 39 nafar qurollangan dezertirdan iborat guruh qidirilmoqda. Ularning barçasi — «Ştorm Z» otryadidagi sobiq mahbuslar bölib, Lisiçanskdan qoçib ketişgan.
  • Anneksiya qilingan «DXR»da ham yetti nafar sobiq mahbuslar dezertirlik qilgan. Ulardan beş nafari qölga olingan, yana birini taslim bölmoqçi bölganida öldirişgani aytilgan, yana bir kişi qidirilmoqda.
  • Tver oblastining Yeroxino qişloği yaqinida, «Drujba» neft quvuriga xizmat körsatuvçi neftni qayta işlaş stansiyasiga dronlar hujum qildi. Şuningdek, Pskov oblasti Litvinovo qişloğidagi ma’muriy binoda ham portlaş bölgan. Rasmiylar bu portlaş sababini oçiqlamagan.
  • Kursk oblastida minomyot zarbasi oqibatida davlat çegarasida mudofaa liniyasini barpo etişda işlayotgan quruvçi halok bölgan.
  • Bryansk oblastida kamikadze dron hujumi oqibatida RF mudofaa vazirligi avtomobilida, Brovniçi — Suşani yöli böylab harakatlangan ikki harbiy halok böldi.
  • Belgorod oblasti öqqa tutilişi oqibatida bir kişi halok bölib, ikki ösmir yaralangan.

Kiyevda dron portlaşi

28 mayga ötar keçasi Rossiya qöşini Kiyevga dronlar bilan hujum qildi — şahar rasmiylari bu hujumni Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlanganidan buyon röy bergan «eng keng kölamlisi» deb atagan. Ukraina QK ma’lumotiga köra, 50 dan ortiq dron urib tuşirilgan. Ularning parçalaridan biri Kiyev markazidagi Peçersk rayonida töqqiz qavatli uy tomiga tuşib, yonğin çiqqan. Poytaxtning janubi-ğarbidagi Goloseyevskiy rayonida dron parçalari yonilği quyiş şoxobçasiga tuşgan — bir kişi halok bölib, yana uç kişi yaralangan. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Bogorodiçnoye qişloğidagi kundalik hayot