— Singapur tarixan murakkab vaziyatdan to hozirgidek dunyoning katta iqtisodiy markazlaridan biriga aylandi. Bunda, albatta, Li Kuan Yuning davlat boşqaruvi va uning islohotlari haqida eslab ötiş şart. Ayting-çi, Singapur qanday tendensiyalar asosida rivojlandi?

— Singapurning bugungi kundagi eng rivojlangan mamlakatlar qatorida turişi va aholining yuqori daromadi bevosita Singapur iqtisodiy möjizasini yaratgan Li Kuan Yu nomi bilan boğliq.

Singapurning rivojlanişi bir-neça bosqiçlarni öz içiga oladi. Dastlabki davr 1965-70 yillarda sanoatni rivojlantiriş davri, ikkinçi bosqiç esa 1980-90 yillar mahalliy texnologik imkoniyatlarning kuçayiş davri. Uçinçi davr amaliy-ilmiy tadqiqotlarni kengaytiriş va yuqori texnologiyali işlab çiqariş, asosan ilmiy tadqiqotlarga köproq urğu beriş davri böldi.

Li Kuan Yu IT-dasturni amalga oşirişni maqsad qildi, ya’ni milliy ta’limga sarmoya kiritiş orqali mamlakatda kompyuter savodxonligini 100 foizga yetkaziş, xususiy tadbirkorlikka örnak körsatgan holda davlat apparatini töliq kompyuterlaştiriş va mamlakatda raqobatbardoş kompyuter sanoatini şakllantiriş.

Şunday qilib, asosiy e’tibor inson omili va töliq kompyuterlaştirişga qaratilgan.

— Bugungi kunda Singapur iqtisodiyotining dunyo hamjamiyatidagi örni qanday? Singapur va global iqtisodiyot qanday omillar bilan uzviy boğliq?

— Singapur dunyoda aholi jon boşiga YaIM eng yuqori bölgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Jahon banki, Xalqaro valuta fondi va BMTning nominal yalpi içki mahsulot böyiça mamlakatlar röyxatida yuqori örinlarni egallagan. Jahon banki reytingida 35-örin, Xalqaro valuta fondi va BMT reytinglarida 34-örinda qayd etilgan.

Şuningdek, mamlakat iqtisodiyoti mahsulotlar eksportiga boğliq. Jumladan, maişiy elektronika, axborot texnologiyalari, farmatsevtika mahsulotlari, moliyaviy xizmatlar.

Singapur iqtisodiyoti korrupsiyadan xoli iqtisodiyot hisoblanadi. Ya’ni oçiqlik va şaffoflik 100 foiz ta’minlangan.

Singapur – neftni qayta işlaş böyiça dunyodagi uçta yirik eksport markazlaridan biri. Şuningdek Singapurning qulay geografik joylaşuvi ham dunyo investorlarini öziga jalb etadi.