Italiyada, Lago-Majore kölida qayiqda sayohat qilgan bir neça kişini qidiriş işlari olib borilmoqda. Kema 28 may, yakşanba kuni keçqurun Lombardiya mintaqasidagi kölning janubiy qismida pörtana oqibatida ağdarilib ketdi. Qayiqda 23 nafar sayyoh va ikki ekipaj a’zosi bölgan.
Mahalliy favqulodda xizmatlar ma’lumotlariga köra, voqeadan söng kamida 19 nafar qayiq yölovçisi qutqarib olindi – ulardan ba’zilari özlari qirğoqqa suzib borişga muvaffaq bölişgan. Ayni vaqtda mahalliy OAV bir kişi halok bölgani haqida xabar bermoqda.
Avvalroq Italiya şimolida kuçli suv toşqinlari sodir bölgan edi. Ikki hafta içida mintaqada yarim yillik yoğingarçilik miqdori qayd etildi, 20 dan ortiq daryo qirğoqlaridan toşib ketdi, toğli hududlarda 300 ga yaqin köçki tuşib, köplab yöllar tösib qöyildi. Lombardiya bilan çegaradoş Emiliya-Romanya provinsiyasi sönggi 100 yilda mamlakatdagi eng kuçli suv toşqinidan zarar körgan.
Natijada 36 mingdan ortiq odam uylaridan evakuatsiya qilingan, rasmiylar kamida 14 kişi halok bölgani va bir neça kişi bedarak yöqolganini ma’lum qilgan. Suv toşqini Italiyaning Imola şahrida bölib ötadigan "Formula-1" böyiça jahon çempionatining ham bekor qilinişiga olib keldi.

















