Rossiya IVV amerikalik senator Lindsi Gremni qidiruvga berdi. Bunga siyosatçi göyoki rossiyaliklarning Ukrainadagi uruşda halok bölişini Amerika pullarining muvaffaqiyatli sarflanişi deb baholagani aytilgan video sabab bölgan. Reuters agentligi aniqlaşiça, aslida u bunday gap aytmagan.

26 may kuni respublikaçi senator Lindsi Grem Kiyevga keldi va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşdi. Şundan söng Zelenskiyning ofisi uçraşuvdan videoyozuv e’lon qildi, undan senator rossiyaliklar uruşda ölayotgani va bu «amerikaliklar pul sarflagan eng yaxşi iş» hisoblanişini aytgani haqida xulosaga keliş mumkin.

Bu videoyozuv Rossiyada qizğin reaksiya keltirib çiqardi. Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev Gremni «qari ahmoq» deb atadi va «uning sevimli Amerikasi nafaqat oddiy odamlarni öldirişga, balki senatorlarni öldirişga ham muntazam ravişda harom pullarni sarflab kelgani»ni qöşimça qilgan.

«Mamlakatga bunday senatorlardan ortiq şarmandalikni tasavvur qiliş qiyin», deya bunga munosabat bildirgan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Öz navbatida, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova «AQŞning investitsiyalaridan biri Ikkinçi jahon uruşi va Xolokostga olib kelgani», endi esa «Amerikaning milliardlab dollarlari neonatsist Kiyev rejimining töymas jiğildoniga tökilayotgani»ni ta’kidlagan.

Rossiya Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin «amerikalik senatorning rusofob bayonotlari fakti böyiça» jinoiy iş oçişga topşiriq bergan.

Duşanba kuni tongda IIV bazasida Linds Gremning kartoçkasi paydo böldi, undan senator jinoiy modda böyiça qidiruvga berilganini anglaş mumkin.

Ammo yakşanba kuni keçqurun Reuters agentligi muloqotning Zelenskiyning ofisi tomonidan taqdim etilgan töliq videoyozuvini örganib çiqqani va «rossiyaliklar ölmoqda» va «biz pul sarflayotgan eng yaxşi narsa» iboralari ketma-ket kelmaganini aniqlagani haqida xabar bergandi.

Keyinroq töliq video ham tarqaldi va unda suhbat şunday keçadi:

Grem: Bizda ham şunday paytlar bölgan, oxirigaça kuraşganmiz, ozod böliş yoki ölişni tanlaganmiz.