Baydenning jurnalistlarga aytişiça, Erdöğan suhbat çoğida Anqaraning AQŞdan F-16 qiruvçi samolyotlarini sotib oliş istagini bildirgan. Amerika prezidenti Vaşington Anqara Şvetsiyaning NATOga kirişiga qarşi e’tirozlaridan voz keçişini istaşini aytdi:
«Men Erdöğan bilan gaplaşdim. Erdöğanni tabrikladim. U hali ham F-16 samolyotlarini olişni xohlayapti. Men unga Şvetsiya böyiça bir qarorga kelişni istayotganimizni aytdim. Şuning uçun, biz bir-birimiz bilan aloqada bölamiz».
Şu bilan birga, Bayden bu haqda Erdöğan bilan kelasi hafta batafsilroq gaplaşmoqçi ekanligiga aniqlik kiritdi.

















