Qayd etilişiça, meva-sabzavotçilik Özbekiston qişloq xöjaligi sektorining muhim tarkibiy qismi bölib, ham dehqon, ham fermer xöjaliklari uçun eng foydali faoliyat turlaridan biri hisoblanadi.
Meva-sabzavotçilik sektorida mamlakat YaIM qariyb 7 foizi, qişloq xöjaligi mahsulotlarining 27 foizi işlab çiqariladi.
Ayni paytda, Özbekiston meva-sabzavotga bölgan örtaça yillik ehtiyojining qariyb 96 foizini öz işlab çiqarişi hisobidan ta’minlamoqda.
Hozirda mamlakat örik yetiştiriş böyiça dunyoda 2-örin, sabzi yetiştiriş böyiça 3-örin, gilos yetiştiriş böyiça 4-örin, bodring yetiştiriş böyiça 7-örin, olça va anjir yetiştiriş böyiça esa 8-örinda turadi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2022 yilda 21,8 mln tonna meva-sabzavot yetiştirildi, bu 2021 yilgi körsatkiçga nisbatan 3,8 foizga, 2017 yilga nisbatan esa 12,9 foizga köpdir.
Bugungi kunda respublikada yetiştirilayotgan 80 turdan ziyod qişloq xöjaligi mahsulotlari dunyoning 71 ta davlatiga eksport qilinmoqda.
Özbekistonning savdo şeriklari hisoblangan mamlakatlarda uzum, örik, olça, olxöri, bodom va boşqa mahsulotlarga talab yuqori, deyiladi ma’lumotda.

















