Qirğiziston çegara xizmatiga köra, Özbekiston tomoni mazkur ötkaziş punktini qayta işga tuşirişga tayyorgarlik körmoqda, deb yozadi Kaktus media.
Mazkur çegara nazorat ötkaziş punkti 2010 yilda Özbekiston tomonidan birtomonlama berkitilgan edi. Öşanda Öş viloyatiga ötuvçi «Qorasuv» va «Qorabağiş» ötkaziş punktlari berkitilgan edi.
Aytilişiça, bu çegara nazorat ötkaziş punktlarining barçasi yaqin orada oçiladi. Qirğiziston tomoni ham bu punktlar orqali fuqarolarning ötib-qaytişini qayta boşlaşga töliq tayyor.
Har ikki davlat örtasida qöşimça ötkaziş punktlarini oçiş masalasi sönggi bir neça yil davomida mamlakatlar hukumatlari tomonidan muhokama qilib kelinmoqda edi. Bunday punktlarni oçişdan maqsad — transport yuk oqimlari tranzitini yengillaştiriş.
Avvalroq Samarqand şahrida Özbekiston va Qirğiziston hukumat delegatsiyalari örtasida davlat çegarasini demarkatsiya qiliş böyiça muzokaralar bölib ötgani xabar qilingan edi.











