Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan delegatlar qatnaşmoqda. S’yezdda prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev nutq sözlamoqda.
Tadbirda Şavkat Mirziyoyev özining saylovoldi dasturi bilan taniştirmoqda. U beşta strategik maqsaddan iborat.
Birinçisi — ta’lim, ya’ni har bir insonga öz salohiyatini röyobga çiqariş uçun munosib şaroit yaratiş.
Eng avvalo, 2030 yilga qadar maktabgaça ta’limga bölgan ehtiyoj töliq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetkaziladi. Boğça va maktablar filtrlangan içimlik suvi bilan töliq ta’minlanadi. Kelgusi 7 yilda maktablarda qöşimça 2,5 million öquvçi örni yaratiş zarur. Şu maqsadda, «Yiliga 500 ming öquvçi örni» dasturi amalga oşiriladi.

Xususiy ta’limga qöşimça yengilliklar beriladi. Davlat-xususiy şeriklik asosida maktablar quriş keng joriy etiladi. Boşlanğiç sinf öquvçilari ta’lim planşetlari bilan töliq ta’minlanadi.
Çekka hududlarda maktab avtobuslari bepul yölga qöyiladi. Kelgusi yetti yilda barça maktablarga çet ellardan «til egalari» bölgan öqituvçilar olib kelinadi.

















