Vazirlik ma’lumotiga köra, unda Tabiat resurslari vazirligi hamda YuNeSKO örtasidagi ekologik ta’lim, tabiiy merosni boşqariş sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida «yaşil» iqtisodiyotga bosqiçma-bosqiç ötiş, raqamlaştiriş tizimi, ekologik ta’lim va madaniyatni joriy etiş, xodimlar va mutaxassislar salohiyatini oşiriş hamda bu borada xorijiy tajribani qöllaş muhimligi qayd etildi.

Özbekiston atrof muhiti va tabiiy resurslardan foydalaniş töğrisida milliy ma’ruzasini işlab çiqiş, milliy ekologik va tabiiy meros röyxatlarini tuziş masalasi muhim ekanligi qayd etildi. Toşkentda BMTning Iqlim özgarişi böyiça mintaqaviy vakolatxonasini oçiş böyiça taklif bildirildi.

Orolböyi mintaqasida Orol madaniy meros boği innovatsion loyihasini işlab çiqiş, madaniy meros obektlariga taşrif buyuruvçilar markazlarini taşkil etiş, iqlim özgarişining oldini oliş böyiça strategik ahamiyatga ega dasturlarni işlab çiqiş masalalari ham muhokama qilindi. Havo, suv va ekologik ta’lim masalalarida olib borilayotgan izçil işlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini jadallaştirişda muhim harakatlanuvçi mexanizm ekanligi alohida ta’kidlandi.

Uçraşuv yakunida joriy yil oktabr oyida Samarqand şahrida bölib ötişi rejalaştirilayotgan Yovvoyi hayvonlarning köçib yuruvçi turlarini saqlab qolişga doir konvensiyaning (CMS) 14-Tomonlar konferensiyasini hamkorlikda ötkazişga kelişib olindi.