23 may kuni, Toşkentning Mirzo Uluğbek tumanidagi köp qavatli uylardan biridan, balkonda osilib turgan Ukraina bayroği yeçib olingan. Xonadon 8-qavatda joylaşgan bölgan. Bayroq esa, balkonning içki qismida ilingan bölgan.
Bu vaqtda uy egasi Rejyep Latipov oilasi bilan Turkiyada dam olişda bölgan. Içki işlar xodimlari xonadon egasiga telefon qilib, undan “Ukraina fuqarosimisiz?” deb söragan. “Yöq, Özbekiston fuqarosiman” degan javob olingaç, uning balkonidagi ilinib turgan Ukraina bayroği olib taşlanişini aytişgan.
Bir qaraşda, kimningdir balkonidan boşqa davlatning bayroği yeçib olinişi – kiçik işdek körinişi mumkin. Lekin, aslida, bu Özbekiston içki va taşqi siyosati uçun, jiddiy masala.
Avvalo, içki işlar xodimlari tomonidan, maxsus texnika yordamida, Latipov xonadonidan Ukraina bayroği olib taşlanişi, teskari effekt berdi. Ukraina bayroği reklama qilindi. Jamiyat köplab savollar berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda özbekistonliklar “bu iş qonuniymi?” “nahotki Rossiyadan qörqiş şu darajada bölsa?!” degan fikrlar bildirişdi.
Özbekiston qonunçiligiga köra, faqat Özbekiston bayroğiga nisbatan munosabatlar huquqiy tartibga solingan. Boşqa davlatlarning bayroqlariga özbekistonliklarning munosabati, na salbiy, na ijobiy şaklda, reglamentga solinmagan. Demak, qonunga köra, biron özbekistonlikning boşqa davlat bayroğini öz uyiga ilib qöyişi – huquqbuzarlik emas.
Ukraina–Rossiya uruşida Özbekiston özining neytralligini ta’kidlab keladi. Lekin Özbekiston Taşqi işlar vazirligi, Senati va boşqa davlat organlari hamda mulozimlarining şu paytgaça berilgan bayonotlaridan biliş mumkinki, Özbekistonning betarafligi – befarqlik emas.
Ya’ni, Özbekiston özining betarafligini bildirar ekan, uşbu betaraflik zamirida davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi kabi qadriyatlarni körişini aytib keladi. Bu bilan, Özbekiston Ukrainaning hududiy yaxlitligini urğulovçi neytrallikda turadi. Neytrallikdan maqsad esa – Özbekistonni uşbu uruşga, mojaroga tortişlariga imkon bermaslik.
Muhim nuqta, Ukraina–Rossiya uruşida nazarda tutiladigan “neytrallik” – bu davlatning pozitsiyasi. Ya’ni hukumatning, hokimiyatning pozitsiyasi. Lekin, Özbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga köra, xalq, jamiyat erkin bölişi, hokimiyat mana şu erkinlikni ta’minlaşi kerak.
Neytrallik xalqqa nisbatan joriy qilinişi mumkin emas. Oddiy odamlardan “uruşda heç kimning tarafida turmang!” deyiş ğalati böladi. Buni talab qiliş va ta’minlaş – davlatning huquqiy emasligini bildiradi, odamlardan erkin fikrlaş va qadriyatlarini ifoda qiliş huquqini olib qöyganini anglatadi.












