AQŞ Xitoyni XXR harbiy samolyotining Janubiy Xitoy dengizi uzra “haddan taşqari agressiv” manyovr qilganlikda aybladi. 30 may, seşanba kuni AQŞ armiyasining Hind-Tinç okeani qömondonligi ma’lum qilişiça, Xitoyning Shenyang J-16 qiruvçi samolyoti Amerikaning Boeing RC-135 razvedka samolyotining “töğridan töğri oldidan” uçib ötgan.
Natijada AQŞ harbiy-havo kuçlari samolyoti Xitoy qiruvçi samolyotining parvoz yönalişiga öti ketgan. AQŞ harbiylari öz samolyotlarini tutib oliş uçun bunday manyovrni "noprofessional" deb atadi.
"Qöşma Ştatlar xalqaro qonunlar ruxsat bergan joyda xavfsiz va mas’uliyatli tarzda parvoz qiliş, suzib yuriş va boşqa harakatlarni davom ettiradi, Qöşma Ştatlar Hind-Tinç okeani mintaqasidagi birlaşgan kuçlar kemalar xavfsizligini hisobga olgan holda, xalqaro havo böşliğida parvoz qilişni davom ettiradi. Biz Hind-Tinç okeani mintaqasidagi barça mamlakatlar xalqaro huquqqa muvofiq havo hududidan xavfsiz foydalanişini kutamiz", - deyiladi idora bayonotida.
AQŞ Mudofaa vazirligi keça Xitoy Qöşma Ştatlarning şu hafta Singapurda bölib ötadigan "Şangri-La muloqoti" yillik xavfsizlik forumi davomida ikki davlat mudofaa vazirlari uçraşuvini ötkaziş haqidagi iltimosini rad etganini ma’lum qildi. Pentagon, şunga qaramay, "Xitoy Milliy-ozodlik armiyasi bilan oçiq aloqa liniyalarini qidirişni davom ettirişga" va’da berdi.

















