17 iyundan boşlab AQŞ hukumati viza yiğimi miqdorini oşirmoqda. Bu haqda AQŞning Toşkentdagi elçixonasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ularga köra, AQŞ turistik va işbilarmonlik vizalari (B1, B2 va BCC) hamda talaba vizasi va almaşuv böyiça mehmon vizalari kabi ariza talab qilmaydigan boşqa noimmigratsion vizalar narxi 160 dollardan 185 dollargaça oşiriladi. 

Vaqtinçalik işçilar (H, L, O, P, Q va R toifalari) uçun petitsiya asosidagi boşqa noimmigratsion vizalar uçun viza yiğimlari 190 dollardan 205 dollargaça kötariladi. 

Davlat departamenti bayonotida noimmigratsion vizalar uçun tölovlar konsullik xizmatlari narxiga asoslanişi tuşuntirildi. 

Aksariyat vizalar uçun viza yiğimi miqdori oxirgi marta 2012-2014 yillarda yangilangan.