“Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi taşkilotlar faoliyatini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2023/2024 öquv yilidan bosqiçma-bosqiç:
- maktablarning 1–4-sinflarida öquvçilarga boşlanğiç, 5–9-sinflarida tayanç hamda 10–11-sinf öquvçilarining qiziqiş va qobiliyatiga mos öquv dasturlari va öquv-metodik majmualar joriy etiladi;
- baholaşning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda öquvçining ötilgan mavzuni amaliyotda qöllay olişi, tanqidiy fikrlaş va tahlil könikmalari baholanadi;
- boşlanğiç sinflarda informatika, örta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari ötiladi;
- barça fanlar böyiça amaliy maşğulotlar uluşi 60 foizga yetkaziladi.
2024 yil 1 yanvardan maktabga birinçi marta işga qabul qilinayotgan öqituvçilarni kasbiy sertifikatlaş joriy etiladi. Bunda, 2023/2024 öquv yilidan öqituvçilar stajyor-öqituvçi sifatida işlaydi va 1 yilda sertifikat olişi talab etiladi.
2024 yil 1 yanvardan davlat boğça, maktab va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berişning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda, malaka toifasi uçun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqiçda ötkaziladi hamda birinçi bosqiçda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti böyiça bilim darajasi, ikkinçi bosqiçda – pedagogik mahorati baholanadi.
2024 yil 1 iyundan boğçalardagi oliy ma’lumotli tarbiyaçilarning oyligi maktab öqituvçilari oyligiga tenglaştiriladi.

















