Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi 29 may kuni Rim şahrida “Özbekiston va Italiya: hamkorlikning yangi qirralari” mavzusidagi davra suhbatida iştirok etdi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir Italiya Taşqi işlar vazirligi huzurida faoliyat yurituvçi Italiya xalqaro taşkilotlar jamiyati bilan hamkorlikda ötkazildi.

Tadbirda Italiya TIV, turli davlat idoralari, yetakçi kompaniyalari, oliy öquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda Özbekiston-Italiya hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi. Şuningdek, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi hamkorlik masalalari körib çiqildi.

Davra suhbatida sözga çiqqan Eldor Aripov Italiya 30 yildan ortiq vaqt davomida Özbekistonning Yevropadagi işonçli şerigi sifatida mamlakatning barqaror rivojlanişiga hissa qöşib kelayotganini ta’kidladi.

Aripovning qayd etişiça, Yangi Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasi va Konstitutsiyaning yangilangan tahriridan kelib çiqadigan vazifalar Özbekiston–Italiya munosabatlarini çuqurlaştiriş va kengaytiriş uçun yangi istiqbollarni oçmoqda.

Rim Özbekistondagi islohotlarni töliq qöllab-quvvatlaydi. Italiyalik hamkorlar mamlakatda demokratik institutlarni mustahkamlaş, iqtisodiyotni liberallaştiriş va diversifikatsiya qiliş borasida olib borilayotgan izçil siyosatni yuksak baholaydi.

Italiyalik ekspertlar nafaqat Rimda, balki Yevropa Ittifoqida ham Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni katta qiziqiş bilan kuzatişayotganini, bu orqali, eng avvalo, xalq farovonligini ta’minlaş vazifalari ustuvor ekanini ta’kidladi.

Italiyaning Toşkentdagi elçisi Agostino Pinnaning sözlariga köra, 2017 yildan Özbekistonda izçil islohotlar amalga oşirilmoqda. Yangi konstitutsiyaviy islohot bozor iqtisodiyoti uçun yanada mustahkam poydevor yaratdi: tadbirkorlik faoliyatining asosiy erkinliklari va kafolatlari mustahkamlanmoqda, xususiy mulk himoyasi kuçaytirilmoqda.

Agostino Pinnaning sözlariga köra, Italiya–Özbekiston munosabatlari aynan şunday jadal va izçil rivojlanayotgan paradigmada gullab-yaşnamoqda. Şunday qilib, 2022 yil yakuniga köra, tovar ayirboşlaş hajmi 32 foizga ösib, 535,4 million yevroga yetdi va bu Italiyani Özbekistonning Yevropadagi uçinçi yirik savdo hamkoriga aylantirdi.