Bugun, 12 oktyabr kuni Bişkek şahrida Qirğiziston prezidenti huzuridagi Milliy strategik tadqiqotlar instituti (MSTI) tomonidan BMTning Markaziy Osiyo uçun Preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi kömagida taşkil etilgan VI Markaziy Osiyo ekspertlar forumi bölib ötdi.
Tadbirda Qirğiziston boş vaziri Aqilbek Japarov, BMTning Markaziy Osiyo uçun Preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze, Qirğiziston taşqi işlar vaziri örinbosari Avazbek Ataxanov, şuningdek, Markaziy Osiyoning strategik institutlari rahbarlari, Qirğizistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik missiyalar vakillari, mustaqil tahliliy markazlar va ommaviy axborot vositalari iştirok etdi.

Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov “Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş, işonç darajasini oşiriş va barqaror rivojlaniş yölida” mavzusidagi panel sessiyasida ma’ruzaçi sifatida iştirok etdi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eldor Aripov öz ma’ruzasida Markaziy Osiyo mamlakatlari ekspertlar forumi formatida muntazam ötkazib kelinayotgan uçraşuvlarning muhimligini alohida ta’kidladi. Bu – mamlakatlar örtasidagi işonç va hamkorlik yuqori darajada ekanidan dalolat beradi, dedi u.
SMTI direktori 2017 yilgaça mintaqaviy birlaşiş jarayonlari haqida gapirişning imkoni deyarli bölmaganini e’tirof etdi. Suv va çegara bilan boğliq hal etilmagan muammolar juda dolzarb edi. Öz vaqtida boşlangan Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati va Markaziy Osiyo hamkorlik taşkiloti formatlari yetarliça rivojlanmagan.
“Öşanda mintaqadagi barça davlatlar ham MOHT va MOIH modellarini şakllantirişda iştirok etmagan, köp qarorlar deklarativ bölib qolgan”, – dedi ekspert.
Unga köra, 2017 yilning noyabr oyi bu borada buriliş davri böldi. Öşanda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Samarqandda Markaziy Osiyo böyiça konferensiya ötkazildi. Tadbirda mintaqa davlatlarining barça taşqi işlar vazirlari iştirok etdi. Özbekiston rahbarining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvini taşkil etiş taşabbusi qöllab-quvvatlandi.
BMT Boş Assambleyasining Markaziy Osiyo böyiça rezolyutsiyasi qabul qilingani juda muhim, dedi Eldor Aripov. Öziga xos “Samarqand konsensusi” şakllandi. Markaziy Osiyoning barça davlatlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanini tasdiqladi. Bu intilişni mazkur rezolyutsiya homiylari sifatida faoliyat yurituvçi mintaqa davlatlarining taşqi siyosatdagi hamkorlari qöllab-quvvatladi.

















