Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) sammiti 4 iyul kuni virtual formatda bölib ötadi, deyiladi taşkilotga raislik qilayotgan Hindiston Taşqi işlar vazirligi bayonotida.

ŞHT davlat rahbarlari kengaşining 22-majlisi Hindistonning ilk raisligi ostida 2023 yil 4 iyul kuni virtual formatda bölib ötadi, deyiladi xabarda.

Eron, Belarus va Möğuliston sammitga kuzatuvçi davlat sifatida taklif qilingan. ŞHT an’anasiga köra Turkmaniston mehmon sifatida taklif etilgan.

Taşqi işlar vazirligi Hindistonning ŞHTga raisligi davrini a’zo davlatlar örtasidagi “qizğin faoliyat va özaro manfaatli hamkorlik davri” deb atadi. Hindiston jami 134 ta uçraşuv va tadbirlar, jumladan, 14 marta vazirlar darajasidagi majlislarni ötkazdi. 

Ötgan yilgi ŞHT sammiti Samarqandda sentabr oyida ötkazilgan edi. Öşanda Eronni ŞHTga tölaqonli a’zo qiliş töğrisida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. Mamlakat Hindistondagi sammitdayoq taşkilotga a’zo bölişi mumkin.