Balida bir necha o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Ular giyohvand moddalar savdosida gumonlanyapti
Bali politsiyasi xalqaro giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar tarmog‘ini fosh etgani, bir necha Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari hibsga olingani haqida xabar berdi.
Indoneziyadagi Kompas portali hibsga olinganlarning umumiy sonidan ikki nafar rossiyalik - Denis Komarov va Denis Romanovning ismlarini keltirdi.
RIA "Novosti" xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning ikki fuqarosi A.B. va M.X. ham hibsga olingan. Hibsga olingan xorijliklarning aniq soni aytilmagan.
“Politsiya xodimlari 1678 gramm marixuana, 67 gramm gashish va uchta pnevmatik to‘pponcha ko‘rinishidagi daliliy ashyolarni musodara qildi. A.B. Denis Romanovdan ko‘rsatma olganini va ularga buyurtma bergan xorijliklarga giyohvand moddalar yetkazib berganini tan oldi”, — deyiladi xabarda.
Keyinroq asli o‘zbekistonlik M.X. Badung okrugi, Kerobokan tumanidagi villalardan birida politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Xodimlar qo‘lga olingan shaxsdan marixuana, gashish va kokainni musodara qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, M.X. Komarovdan giyohvand moddalarni olgani haqida gumon bor. So‘roq paytida Komarov ham, Romanov ham boshqa gumonlanuvchilarga tovar sotganliklarini tan olishmagan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
07:43 / 20.03.2024
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar va giyohvand moddalarni sotayotganlar ushlandi
15:47 / 18.01.2024
Farg‘onada giyohvand modda sotayotganda ushlangan ikki yigit 10 yilga qamaldi
09:14 / 28.12.2023