Bir jinoyat tarixi – SSSRdagi eng xavfli qotil nega özbekistonliklarga qasd qilgandi?
|15:55 / 01.06.202358 21613 min
1981 yil, Irkutsk viloyatidagi Ust-Ilimsk şahri. Yoş er-xotin taşlandiq ahvolga kelib qolgan köp qavatli uyning yölagida ikki nafar erkakning jasadini körib qolişadi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Ular bu haqda darrov militsiyaga xabar berişadi. Militsiya xodimlari yetib kelganidan söng sal naridan yana bir odamning jasadi topiladi. Har uçala jasad boşsiz edi.
Jasadlar tekşirib körilganda ular örta osiyoliklar ekani oydinlaşadi. Biroq ularning şaxsini aniqlaşning iloji yöq edi. Şundan söng Ust-Ilimsk şahar militsiyasi tergovçisi Rais Mazitov qotillikning izini topiş uçun Örta Osiyo respublikalariga jönaydi.
U avval Qozoğistonga boradi. Biroq u yerda bedarak yöqolganlar haqida ma’lumot çiqmaydi. Tergovçi Özbekistonga keladi. Respublika içki işlar vazirligi orqali barça hududlarda ma’lumotlar olinadi. Biroq heç kim yaqinlarining Rossiyada bedarak ketgani haqida murojaat qilmagani oydinlaşadi.
Rais Mazitov uyga qaytişga qaror qiladi va bolalariga sovğa oliş uçun Toşkentdagi magazinlarni aylana boşlaydi. Ana şunda tasodifan marhumlardan birining egnida bölgan köylakka öxşaş köylak kiyib yurgan odamni körib qoladi.
Tergovçi huşyor tortadi va undan köylakni qayerdan sotib olganini söraydi. Öşa odam köylakni vodiydagi magazinlarning biridan sotib olganini aytadi. Köylakning özi esa Namangandagi fabrikada tikilgan ekan. Şundan söng Rais Mazitov darhol vodiyga otlanadi.
Tergovçi vodiyda har uçala viloyat içki işlar boşqarmalaridan Rossiyaga ketib bedarak yöqolgan şaxslar haqida ma’lumot izlaştiradi. Barça tumanlardan ma’lumotlar olinadi, biroq heç kim Rossiyada bedarak ketgan qarindoşini topişda yordam sörab murojaat qilmagani oydinlaşadi.
Şundan söng Rais Mazitov vodiyda bir muddat qoladi. Mahallalarga, çoyxonalarga boradi va Irkutsk tomonlarga ketganlarni suriştira boşlaydi.
Kunlarning birida u mahallalardan birini aylanib yurganida keksa yoşdagi odamga duç keladi. Tergovçi undan mahalladagilardan kimdir yaqin orada Rossiyaga ketganmi-yöqmi suriştiradi.
Qariya ikki öğli Jalol va Zuhriddin Muyiddinov hamda qaynisi maşina olib keliş uçun Irkutskka ketganini va bedarak yöqolganini aytadi. Ularning yonida 15 ming rublga yaqin pul bölgan.
Qariya avvalroq uç nafar yaqini Rossiyaga borib bedarak yöqolgani haqida özi yaşaydigan tuman militsiyasiga murojaat qilganini, biroq xodimlar arizasini qabul qilmay eşikdan qaytarganini aytadi.
Tergovçi qariyadan yaqinlariga kim qasd qilişi mumkinligini söraganda u familiyasi Qambarov bölgan odamdan gumon qilayotganini, öğillarini Rossiyaga şu odam olib ketganini aytadi.
Mavzuga oid
Bu ma’lumotni olgan rais Mazitov zudlik bilan Ust-Ilimskka qaytadi. Öşa paytda Irkutskda bölib turgan Xolbek Qambarov hibsga olinadi. U marhumlarga avvaldan taniş odam bölib çiqadi.
Xolbek Qambarov tergov davomida qotillikka aloqasi yöqligini ta’kidlaydi. Marhumlar Irkutskda yangi oq rangli «Jiguli» maşinasini xarid qilganlarini, Qambarov sotuvçini tanimasligini, ism-şarifini bilmasligini aytadi.
Qambarovning tergovda ma’lum qilişiça marhumlarga maşina sotgan odam slavyan millatiga mansub, soçi sariq, baland böyli odam bölgan.
Şundan söng Ust-Ilimsk, Irkutsk va atrofdagi boşqa şahar va tumanlardan maşina oldi-sotdisi bilan şuğullanib yurgan şaxslar haqida ma’lumot yiğiladi.
Öşa paytda SSSRda maşina olib sotiş jinoyat hisoblangan va bu iş uçun qamoq jazosi belgilangandi. Şu sababli Ust-Ilimsk militsiyasi maşina savdosi bilan şuğullangan şaxslar haqida aniq ma’lumot topa olmaydi.
Köpçilik maşina sotib olgan yoki sotganlar özlari bilan savdolaşgan odamning ism-şarifini bilmasliklarini aytişadi. Şundan söng Qambarov va boşqalarning ta’riflariga qarab gumondorning fotoroboti çizib çiqiladi va barça militsiya bölimlariga tarqatiladi.
Ust-Ilimsk militsiyasi aka-uka Muydinov va ularning qarindoşini öldirgan şaxsni qidirişni boşlagan paytda Voronejda ham uç kişining jasadi topiladi.
Şahar çetidagi örmonga sayrga çiqqan yoşlar erkak kişining jasadiga duç kelişadi. Köp ötmay sal naridan yana ikki kişining jasadi topiladi.
Jasadlarni mahalliy mutasaddilar tanişadi. Ular bir neça kun avval Turkmanistondan kelgan Ollamurod Xudoyorov, Yakboy Karimov va Illan Ualliyev edi. Turkmanistonliklar ham xuddi Ust-Ilimskdagi kabi öldirilgandi.
Şundan söng öşa paytda hibsda bölgan Qambarovdan barça gumonlar olib taşlanadi va qöyib yuboriladi. U Namanganga qaytadi.
Köp ötmay boşqa bir viloyatda ikki nafar örta osiyolik öldirib ketilgani haqidagi xabar tarqaladi. Ular ham maşina oliş uçun kelgan aka-ukalar bölib çiqadi.
Şundan söng voronejlik va irkutsklik tergovçilar har uç jinoyat juda öxşaş ekani va sakkiz nafar örta osiyoliklar bir kişi tomonidan öldirilgan degan xulosaga kelişadi. Gumondorning fotoroboti hamma yoqqa tarqatiladi.
Qotilning qölga olinişi
Ust-Ilimsk tumani militsiya bölimi xodimlaridan biri gumondorning fotorobotini körar ekan, dösti Aantoliy Maystrukka juda öxşaş ekani uning e’tiborini tortadi.
U döstini bölimga çaqiradi va fotorobotni körsatadi. Anatoliy Maystruk fotorobotni körib pinagini ham buzmaydi. U juda kulgili tasodif ekanini aytadi va bölimdan çiqib ketadi.
Xodim Anatoliydan şubhalanadi va uni qöyib yuborgani uçun afsuslanadi. Söng boşliğining oldiga kirib, döstlaridan biri fotorobotdagi şaxsga juda öxşab ketişini aytadi. Boşliq huşyor tortadi va Anatoliy Maystrukka qidiruv e’lon qilinadi. Bu paytda u qoçib ketib bölgan edi.
Anatoliyni eng avval uyiga qidirib borişadi. Şunda u oq rangli «Jiguli»ni uyda qoldirib ketgani ma’lum böladi. Maşinadan aniqlangan qon doğlari va topilgan soç tolalari tekşirib körilganda ular Ust-Ilimskda öldirilgan Muydinovlarga tegişli bölib çiqadi.
Şundan söng Maystrukni qölga oliş böyiça reja tuziladi. Eng avval ukasi Leonidni uşlab kelişadi. Söng xotinini tergov qilişadi. Tergovda aniqlanişiça, xotini uning qayerdaligini bilmaydi, ukasi esa biladi.
Leonid akasi bilan maşina olib sotişganini, biroq uning qotilliklari haqida bilmasligini ma’lum qiladi. U akasi yana kimlarningdir umriga zomin bölmasligi uçun militsiya bilan hamkorlik qilişga rozi böladi.
Şundan söng Anatoliy Maystrukka ukasi Leonidning nomidan telegramma jönatişadi. Unda barçasi tinçib ketgani va Ust-Ilimskka qaytaverişi mumkinligi yozilgandi.
Maystruk Ust-Ilimskka qaytsa eng avval xotinining oldiga kelişi inobatga olinib, uning uyida militsiya xodimlari yaşirinça poylay boşlaşadi.
Kutilganday Maystruk telegramma jönatilgandan söng bir neça kun ötib uyiga qaytadi, uni şu yerda qölga olişadi. Qölga oliş guruhiga tergovçi Rais Mazitov boşçilik qiladi.
Tergov va qotillik sabablarining oçilişi
Maystruk tergov avvalida turli şaharlarda 28 kişini öldirganini aytadi. Biroq militsiyada faqat Ust-Ilimsk, Voronej va yana bir holatda jami sakkiz kişi öldirilgani haqida ma’lumotlar bor edi. Boşqa qotilliklar haqida dalillar topilmaydi.
Militsiya Maystrukka qarşi topilgan jasadlar soni böyiça sakkiz kişini öldirganlikda ayblab iş oçadi.
Maystruk ukasining qotilliklarga aloqasi yöqligini aytib, uni qöyib yuborişlarini talab qiladi. Ukasini esa qöyib yuborişmaydi. Unga qotillik bilan emas, noqonuniy maşina olib sotgani uçun jinoyat işi qözğatiladi.
Tergov jarayonlarida Maystrukning oğir ötgan hayoti va qotilliklarga nega qöl urgani ham oçiqlanadi. Ularga köra 1950-yillarda Ğarbiy Ukrainada tuğilgan Maystrukning bolalikda hayoti juda oğir keçgan.
Maystrukning otasi sovet tuzumiga qarşi bölgani uçun uruşdan söng nemislar bilan hamkorlik qilganlikda ayblanib, qamalib çiqadi. Otasi sotqin degan tavqi la’nat tufayli Anatoliy va Leonid keyinçalik köp jabr çekişadi.
1963 yilda onasini iş joyidan oziq-ovqat öğirlaganlikda ayblab qamaşadi. Şundan söng Anatoliy ukasi Leonid bilan qarovsiz qolib ketadi. U bolalar uyiga tuşmaslik uçun ukasini olib qoçib ketadi va ulğaygunça darbadar hayot keçiradi.
Anatoliy ulğaygaç armiya xizmatini ötab keladi va qurilişlardan birida yuk maşinasini boşqara boşlaydi. Biroq köp ötmay Krasnodarda köçani kesib ötayotgan bolani urib yuboradi. Bola vafot etadi.
Suriştiruvlarda bolaning özi yuk maşinasi yöliga yugurib çiqqani aniqlangan bölsa-da, sud uni aybdor deb topadi. Maystruk tört yilga qamaladi.
Uni Irkutsk viloyati Ust-Ilimsk şaharçasida joylaşgan qamoqxonaga jönatişadi. Yaxşi xulqi uçun ikki yilda ozod bölgan Maystruk şu şaharçada yaşab qoladi. Uylanadi va maşina olib sotiş bilan şuğullana boşlaydi.
Maystrukning asosiy mijozlari örta osiyoliklar, Özbekiston, Tojikiston va Turkmanistondan edi. Anatoliy mijozlarga «Jiguli» va «Moskviç» maşinasini olib berardi.
Tergov jarayonlarida Anatoliydan maşinalarni qanday tarzda olib sotgani haqida ham söraşadi. U özi sotgan maşinalarni Ust-Ilimsk yaqinida qurilayotgan yirik GES işçilari yordamida olganini aytadi.
Ya’ni sovetlar öşa paytda taygadagi GES qurilişida oğir şaroitlarda işlayotgan işçilarga navbatsiz maşina xarid qiliş imkoniyatini berişadi. Biroq narxi bir neça ming rubl turadigan «Jiguli»ni maoşi 100-200 rubl bölgan işçilar sotib ololmasdi.
Maystruk bundan foydalanadi va ma’lum haq evaziga işçilarning nomidan ariza berib, navbatsiz maşina oladi va ularni örta osiyoliklarga sotadi. Öşa paytda maşinafuruş sifatida uning nomi köpçilikka taniş edi.
Maystruk yangi «Jiguli»larni 7-8 ming rublga sotib oladi va hujjatlarni rasmiylaştiriş, işçiga haq tölaş kabi işlarga biroz mablağ sarflaydi. Keyin xarajatlari bilan tannarxi 10 ming rublga ham yetmagan maşinani markasiga qarab 13-14 ming rubl sotadi.
Kunlardan bir kun uning oldiga örta osiyoliklardan biri keladi. Maystruk unga «Jiguli» maşinasini olib berişni va’da qilgandi. U mijozni uyiga olib boradi va u-bu narsa olib keliş uçun magazinga çiqib ketadi.
Maystruk uyga qaytgaç xotinining mijoz bilan töşakda yotganini köradi. Xotini köz yoş tökib, mijoz kuç işlatib zörlaganini aytadi. Maystruk unga işonadi va mijozni döpposlab uyidan quvib yuboradi. Biroz ötib bu voqea unga yomon ta’sir qiladi va vaziyat bölişi bilan örta osiyoliklarni öldirişga ahd qiladi.
Öşa paytda unga birinçi bölib aka-uka Muydinov va ularning toğasi röpara keladi. Maystruk ularga özlari xohlagan oq rangdagi «Jiguli»ni olib beradi.
Söng aylanib keliş bahonasida Ust-Ilimsk şaharçasining çetroq joyiga olib borib ularning uçalasini ham öldiradi. Sotgan maşinasi va pullarni özi bilan olib ketadi. Usti-Ilimsk militsiya bölimidagi döstidan uç nafar özbekistonlikni öldirgan qotil qidirilayotganini bilgaç boşqa şaharga qoçib ketadi.
Qoçib yurgan paytida unga Voronejda uç nafar turkmanistonlik uçrab qoladi. Maystruk ularni ham şu tarzda öldiradi. Marhumlarning yonida bölgan pullarni olib öz ehtiyoji uçun işlatib yuboradi.
Keyinçalik, Maystrukning xotinini tergovda erining mijozlari bilan özi xohlab jinsiy aloqada bölib kelganini, biroq eri sezib qolgan kezda özini zörlangan jabrdiyda qilib körsatganini tan oladi.
Sud va jazo
Sakkiz kişini öldirganlikda ayblangan Maystrukning aybi sudda töliq isbotlanadi. Unga ölim jazosi beriladi. Biroq hukmni ijro eta olişmaydi. U vaqtinçalik saqlaş hibsxonasida öz joniga qasd qilib vafot etadi.
Öşanda Maystrukning jasadi yonidan xat topiladi. Xatda u militsiya xodimlarining qölida ölgandan köra öz joniga qasd qilişni afzal bilişi haqida yozgandi.
Garçi qotilliklarga aloqasi bölmasa ham Anatoliyning ukasi Leonid noqonuniy maşina savdosida ayblanib sakkiz yilga qamaladi. U qamoqdan çiqib uylanadi va töğri hayot keçiradi. Keyinçalik dardga çalinib vafot etadi.
Şu tariqa Anatoliy Maystrukning nomi SSSRdagi eng vahşiy qotillar röyxatiga tuşadi. Uning qotilliklarni oçişda körsatgan jonbozliklari uçun tergovçi Rais Mazitov mukofotlanadi va unvoni oşiriladi.