2022 yilning 24-25 fevral kunlari Olmaliq kon metallurgiya zavodidan ikkita yuk mashinasiga 22 tonnadan mis yuklanadi va mashinalar Turkiyaning Denizli shahriga qarab yo‘l oladi. Dastlab Gruziya dovoni orqali o‘tishi kerak bo‘lgan haydovchilar, dovon berk bo‘lgani uchun aylanma yo‘ldan ketishga majbur bo‘ladi. Shuning hisobiga Turkiyaga kirib borish cho‘zilib qolib, mashinalar 29 mart kuni kechki payt 19:00lar atrofida Turkiyaning Bursa shahriga kirib boradi. Shu vaqtdan bir necha soat o‘tib, mashina oldini talonchilar to‘dasi to‘sib qo‘yadi.

30 mart kuni tungi soat 12lar atrofida qurolli hujumga uchradik, manzilga yetishimizga 300 km chamasi qolgandi hamki, 4ta mashinada 15ta qurollangan, yuz-ko‘zlari o‘ralgan shaxslar hujum qilishdi. Mashinamizga o‘q otishdi. Va to‘xtashga majbur bo‘ldik. Haydovchilar 3 kishi edik. Yuklarimizni olib qo‘yib, mashinalarimizni o‘zlari haydab ketishdi. Bunaqa vaziyatda o‘zingni emas, ortingda qolgan oilangni o‘ylar ekansan. Ular kutadi. Bor-yo‘g‘ingni bilmaydi”, – deydi shu voqea jabrdiydalaridan bo‘lgan Po‘latxo‘ja Mamadaliyev.

Shundan keyin haydovchilarni yengil mashinalarga mindirib Hopa hududidagi tog‘li joyga olib borishadi. Haydovchining aytishicha, qaroqchilar ularni o‘ldirib yubormoqchi bo‘lgan. Lekin mashinalarida GPS borligini bilib qolgach, fikrlaridan qaytishgan.“Bizni qo‘lga olishganda, kimdir ularga qo‘ng‘iroq qilib mashinamizda GPS borligini aytib qoldi. Shundan keyin bizni yana qayergadir taxminan 250 kmcha uzoqlikdagi uyga olib borib qamab qo‘yishdi. U yerda bir kun ushlab turishdi va undan keyin boshqa uyga olib borishdi. U yerda bizni 4-5 kishi qo‘riqlab turdi”, – deydi Po‘latxo‘ja.

Haydovchilar bu yerda 5 kun ushlab turilgach, ularni chegaragacha olib borib, chiqib ketishni aytishadi. “Mashinalardan yuklarni olib bo‘lishgach, bizga Turkiyadan tez chiqib ketishimizni aytishdi. Ortingizdan chegaragacha kuzatib boramiz, hech qayerda to‘xtamanglar, deyishdi. Rostdan ham chegaragacha 2 mashina qurollangan yigitlar kuzatib keldi. To‘xtab politsiyaga xabar berolmadik. Telefonlarimizni ham olib qo‘yishgandi. Nima qilishni bilmasdik”, – deydi haydovchi.

Lekin chegarada bojxona xodimlari haydovchilarni o‘tkazmaydi. Chunki ular o‘zlari bilan yukni manzilga olib borib bergani haqidagi hujjatni taqdim qilishlari kerak bo‘lgan. Ularda esa hujjat yo‘q edi. Shundan keyin haydovchilar boshidan o‘tkazganlarini chegaradagilarga aytib berishadi. Holatni prokuratura o‘rganib, o‘g‘rilar topilgach, haydovchilarga Turkiyadan chiqishga ruxsat berilishini aytishgan. “