Nodavlat maktabgaça va umumiy örta ta’lim taşkilotlari faoliyatini taşkil qilişda öqituvçilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvçilarning maksimal soniga qöyilgan talablar yengillaştiriladi.

Nodavlat maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlariga sport zalni ularga ijara va tekin foydalaniş huquqi asosida tegişli bölgan hamda belgilangan talablarga javob beradigan binolarda ham taşkil etişga ruxsat etiladi.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda uning hududiy bölinmalari tomonidan nodavlat ta’lim taşkilotlari faoliyatini tekşiriş vakolatli organni xabardor qiliş tartibida amalga oşiriladi.