JAR BRICS sammiti (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR) doirasida Xalqaro jinoiy sud (XJS)ning talablaridan qoçişi mumkin bölgan variantlarni örganmoqda. Eng maqbul variantlardan biri sammitni XJS yurisdiksiyasini tan olmaydigan Xitoyga köçirişdir, deb yozadi Reuters agentligi JAR hukumatidagi manbaga tayanib. 

JAR avvalroq Sudan sobiq prezidenti Umar al-Başirni hibsga ololmagani uçun norozilik namoyişlaridan söng XJSdan çiqiş niyatida ekanligini bildirgan edi. U XJS tomonidan genotsidda ayblanib qidiruvga berilgan, ammo 2015 yilda Yoxannesburgdagi Afrika ittifoqi sammitida qatnaşgan. 

Xalqaro aloqalar departamenti boş direktor Zeyn Dangorning axborot agentligiga aytişiça, sammitga taşrif jarayoni bilan şuğullanuvçi vazirlar yaqin orada uçraşib, variantlarni körib çiqadi. Uning qöşimça qilişiça, bu masala böyiça «qat’iy qaror» qabul qilinmagan. Anonimlik şarti bilan gapirgan yuqori martabali hukumat mulozimining agentlikka aytişiça, JAR rasmiylari uçun eng maqbul variant - BRICS’ning avvalgi raisi Xitoydan sammitga mezbonlik qilişni söraş.

Sobiq prezident Tabo Mbeki 25 may kuni 702 radiostansiyasiga sammit JARda bölib ötmasligini aytdi. 30 may, seşanba kuni davlat korxonalari vaziri örinbosari Obed Bapela BBC’ga JAR Pretoriyaga XJS tomonidan qidirilayotgan rahbarlarni hibsga oliş yoki buni qilmaslik huquqini beradigan qonun qabul qilişni rejalaştirayotganini aytdi. JAR Adliya vazirligining ismi sir qolişini istagan vakili aytişiça, parlament BRICS sammiti oldidan bunday qonunni tasdiqlay olmaydi.