Jahon | 10:53 / 02.06.2023
4375
2 daqiqa o‘qiladi

Apple «FSB»ning AQSh maxsus xizmatlari bilan hamkorlik bo‘yicha ayblovini rad etdi

Apple kompaniyasi ayfonlarda zaiflikni joriy qilish uchun AQSh maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilmaganini bildirdi. Reuters agentligi kompaniya bayonotini e’lon qildi. 

Foto: Apple

«Biz hech qanday hukumat bilan hech qanday Apple mahsulotiga bekdor (zaiflik)ni joriy qilish bo‘yicha ishlamaganmiz va hech qachon ham buni qilmaymiz», — deyiladi kompaniya bayonotida. 

1 iyun kuni «FSB» ayfonlardan foydalangan holda «Amerika maxsus xizmatlarining razvedka harakati»ni fosh qilgani haqida xabar berdi. Rossiya maxsus xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha ming smartfon zararlangan. 

«FSB» «Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalar va elchixonalarda, jumladan, NATO bloki va possovet hududidagi davlatlar, shuningdek, Isroil va XXR vakillarida ro‘yxatdan o‘tgan sim-kartalarda xorijiy raqamlar va abonentlarni zararlash faktlarini aniqlaganini ma’lum qildi. «FSB» ma’lumotlariga ko‘ra, bu Apple kompaniyasining Amerika razvedkasi, jumladan, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi bilan «yaqin hamkorligi»dan dalolat beradi. 

Mavzuga oid