Fransiyada parlamentning tergov komissiyasi öng qanot populist Milliy birlaşuv (sobiq Milliy front) Rossiyaning jarçisi degan xulosaga keldi. 1 iyun, payşanba kuni e’lon qilingan komissiyaning bir neça oylik tergov hisobotidan parçalarda aytilişiça, 2014 yilda Ukrainaning Qrim yarimoroli noqonuniy anneksiya qilingan paytga kelib, Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen "Rossiya pozitsiyasi"ga ötdi va "Rossiya uzatma kamariga" aylandi.
11 taga qarşi 5 ta ovoz bilan qabul qilingan hisobotda parlamentdagi Milliy birlaşuv fraksiyasini boşqarayotgan Marin Le Pen “insofsiz” va “siyosiylaştirilgan” deb atalgan. Milliy birlaşuvga uzoq vaqt rahbarlik qilgan öng qanot populist Le Pen “siyosiy jarayon” ostida ekanini aytdi va parlament komissiyasi hisobotini “böş” deb atadi.
Hisobotning rasmiy naşri bir neça kundan keyin rejalaştirilgan. Hozir e’lon qilingan parçalarda Milliy birlaşuvning Qrim anneksiya qilinişi haqidagi bayonotlari "Moskva rasmiy gaplarini sözma-söz takrorlagani" aytiladi.
Hujjatda ta’kidlanişiça, Rossiya va Milliy birlaşuv örtasida aloqalar uzoq vaqtdan beri yölga qöyilgan, biroq Marin Le Pen partiya raisligiga kelişi bilan “mafkuraviy va siyosiy yaqinlaşuv strategiyasi tezlaşdi va mustahkamlandi”, partiya vakillari bilan Rossiya örtasida şaxsiy aloqalar örnatildi. Şu bilan birga, 2022 yil fevral oyi oxirida Milliy birlaşuvning “rusparast pozitsiyalari zaiflaşdi”.

















