24–25 may kunlari Toşkentda bölib ötgan Acer`ning şeriklik konferensiyasida kompaniyaning EEME mintaqasi böyiça vitse-prezidenti Grigoriy Nizovskiy Özbekistonda şeriklar uçun joriy qilingan dasturlar hamda B2B va B2G segmentlar uçun eng yaxşi narxlar haqida sözlab berdi.
2022 yilda Acer’ning Özbekiston bozorida erişgan natijalari haqida
2022 yil Özbekiston bozorida yaxşi ötdi. Lekin hayratga qoldirmadi. Içki baholaşlarga köra, aylanma 12-13 mln AQŞ dollari atrofida böldi, 2021 yilda 16 mln dollar bölgandi. Raqamlar taxminiy, çunki mahsulotlarning bir qismini Özbekistondagi şeriklarga töğridan-töğri jönatgan bölsak, bir qismini bozor Dubaydagi distribyutorlardan sotib olgan. Ikkinçi holda biz yakuniy xaridor qaysi mamlakat bölganligini aniqlaşga qiynalamiz. Umumiy sur’atda tuşumning qisqarişi 2022 yilda industriyaning natijalariga muvofiq keladi – u barça iştirokçilar uçun oson bölmadi.
2020–2021 yillarda lokdaun tölqinida talab ösişi, binobarin, işlab çiqariş kengayişi kuzatildi. Yuqori talab kutilmalari 2022 yilning birinçi yarmida katta miqdorda tovar çiqarilişiga olib keldi, ikkinçi yarim yillikda esa, bozor söna boşladi. Mahsulot keragidan köpayib ketdi, narxlar barqarorlikni yöqotdi, bu şeriklarda xavotir uyğotdi.

Kompaniya dasturlari distribyutorlarni qöllab-quvvatlaydi
Birinçidan, Acer an’anaviy ravişda şeriklarni kreditlaş dasturi orqali qöllab-quvvatlaydi – biz tovarlarni oldindan tölovlarsiz jönatamiz.
Ikkinçidan, biz quyidagi segmentlar uçun möljallangan maqsadli dasturlarni joriy etişni rejalaştirganmiz: yirik riteyl, ulgurji sotuvlar, savdo nuqtasi, kiçik biznes uçun IT yetkazib beruvçi, tizim integratori. Har bir guruh bilan individual işlaymiz, hamkorlikning optimal şartlarini taklif etamiz. Masalan, Acer mayda riteylga sotuvlar uçun bonus joriy qiladi, şuningdek nuqtalarni savdo jihozlari va POS-materiallar bilan ta’minlaydi.
Kiçik va örta biznesga tovar yetkaziş bilan şuğullanuvçi kompaniyalar uçun, hatto kiçik tovarlar partiyasi uçun ham, biz maxsus şartlar va narxlar taklif etamiz. Masalan, 10-15 ta noutbukli kiçik tender uçun taklifni biz bir neça soat içida şakllantirişga tayyormiz. Mutaxassislarimiz buyurtmaçining talablariga javob beruvçi modelni tanlaydilar va eng yaxşi narxlarni taklif etadilar.



















